Xalqaro Kann kinofestivali Galaxy S8 “ijodi”da

Xalqaro Kann kinofestivali Galaxy S8 “ijodi”da

2017 yilning 17 — 28 may kunlari o‘tkazilgan Kann xalqaro kinofestivali taassurotlarga boy bo‘ldi. Ayni paytda jahonning eng ilg‘or smartfonlari qatorida turgan Galaxy S8 nufuzli anjumanning eng taassurotli lahzalarini o‘zining raqamli matritsasiga muhrlashga ulgurdi. Quyida flagmanda olingan suratlardan namunalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Samsung Galaxy S8 gadjetining bosh va old kameralarida avtofokus funksiyasi mavjud. Bosh kamera sensorining piksel sig‘imi 1.4µm mikronga teng. Har ikkala kamera uchun f/1.7 standartidagi yorug‘likni qabul qiluvchi priborlari tanlangan. Shuningdek, 8 MP surat oluvchi old kameraning piksel sig‘imiyam yuqori — 1.22µm mikron. U keng burchak ostida surat oladi.

Kamera ilovasi «sun’iy aql», ya’ni ilg‘or qayta ishlash funksiyalari bilan boyitilgan. Misol uchun, ilovada 16 ta foto-filtrlardan, jumladan 8 ta suratni go‘zallashtiruvchi avto-filtrlardan foydalanilgan.

DxOMark — fotosuratlar sifatini baholaydigan xizmat reytingida koreyalik ishlab chiqaruvchining yangi — Galaxy S8 va S8+ flagmanlari imkoniyatini 88 ballga baholagan, ya’ni S7 va S7 edge bilan bir xil. Samsung bu gal kameraga texnik emas, dasturiy o‘zgartirishlar kiritgan, ya’ni tasvirni shakllantirish algoritmi takomillashtirilgan.

Shu sababli, Galaxy S8 nisbatan yaxshiroq avtofokus tizimi, oq tus me’yorini belgilash, «vizual shovqin»ni kamaytirishda ilg‘orroq. Galaxy S8 video tasvir olishda, xususan tasvirda dinamik diapazonning kengligini berishda ham «ajdodi»dan yaxshiroq.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!