Xiaomi 12: 2022-yilgi Xiaomi flagmanidan kutayotgan 6 jihatimiz

Xiaomi 12: 2022-yilgi Xiaomi flagmanidan kutayotgan 6 jihatimiz

Xiaomi Mi 11 smartfoni Snapdragon 888 chipida ishlovchi ilk qurilma bo‘lgan edi. Devays 2020-yil dekabrda taqdim qilinib, 2021-yil boshida global bozorda paydo bo‘lgandi. Xiaomi'ning bu flagmani bir necha ajralib turuvchi jihatlar, jumladan, QHD+ 120Hz OLED ekran, Harman Kardon sozlamali karnaylar va tezkor simli hamda simsiz quvvatlash imkoniga ega.

O‘QING: 2021-yilning eng kutilayotgan 5 smartfoni

Biroq bu degani yaxshilanishi kerak bo‘lgan jihatlar yo‘q degani emas. Xiaomi bir necha tomondan smartfonni yanada takomillashtirishi mumkin. Quyida Xiaomi 12 smartfonida bo‘lishini kutayotgan bir necha xususiyatimiz haqida to‘xtalib o‘tamiz.

1. Suvga chidamlilik

Xiaomi o‘z smartfonlarini suvdan to‘laqonli himoyalash fikriga shu yilgacha qarshi bo‘lib kelgan. Biroq Mi 11 Ultra va faqat Xitoy uchun chiqarilgan Mi 11 Pro smartfonlari bu tendensiyani o‘zgartirib, chang va suvdan himoyaning IP68 darajasiga ega bo‘ldi. Afsuski, standart Mi 11 esa IP67 yoki IP68 ko‘rsatkichiga ega emas.

2022-yilda suvdan himoya standart Xiaomi 12'ga ham joriy qilinishiga umid qilamiz. Boisi, hozirda arzonroq flagman va o‘rta toifa smartfonlar ham suvdan himoyalangan qilib chiqarilmoqda. Masalan, Samsung Galaxy S20 FE, Google Pixel 5, T-Mobile OnePlus 9 va Google Pixel 5a'larning barchasi IP67 yoki IP68 darajasiga ega.

2. Telefoto yoki periskop kamera

2020- va 2021-yillarda Pro versiya bo‘lmagan flagmanlarga telefoto/periskop kameralar qo‘yilmadi. Mi 11 ham — xuddi OnePlus 9, Mi 10 va Pro bo‘lagan iPhone'lar kabi — bundan mustasno emas. Buning o‘rniga arzonroq makro, monoxrom va sath kameralar o‘rnatildi.

Xiaomi 12'da zumga e’tibor qartilishini xohlar edik. Bundan tashqari, telefoto yoki periskop kamera ham tasvir sifatini oshiradi. Xiaomi 3x telefoto kamerani o‘rnatsa ham, gibrid zum texnologiyasi sabab rasmlar sifati sezilarli oshishini kutish mumkin.

3. Uch yil davomida tizim yangilanishi

Samsung o‘tgan yili o‘z smartfon va planshetlariga uch yil davomida Android yangilanishini jo‘natishini ma’lum qilib, katta yangilik kiritgan edi. Bular qatoriga barcha yaqinda chiqqan flagman va bir necha o‘rta toifa smartfonlar kiradi.

Lekin, afsuski, Xiaomi hali bunday va’da berganicha yo‘q. Biroq hech bo‘lmasa, flagmanlarni uch yillik tizim yangilanishi bilan ta’minlash siyosatini joriy qilishning vaqti allaqachon kelib bo‘ldi. Axir, Oppo, vivo va OnePlus'lar ham yuqori sinfga mansub qurilmalarini uch yilgacha OT yangilanishi bilan yangilab boradi.

4. Ayni narx (arzon bo‘lsa, yana yaxshi)

Narxi 749 yevrodan boshlanuvchi standart Mi 11 2021-yilning eng arzon Snapdragon 888 smartfoni emas. Lekin qurilma Yevropada Galaxy S21'dan arzon, S20 FE bilan esa deyarli bir xil narxga ega. Kompaniyaning kelasi yili narxlarni oshirmasligi yaxshi yangilik bo‘lardi.

Agar Xiaomi hech bir xususiyatni olib tashlamasdan Xiaomi 12'ni arzonroq qilib chiqarsa, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Qurilmaning hatto 50 yevroga arzonlashuvi ham sezilarli o‘zgarish bo‘ladi. Axir, Galaxy S20 FE telefoto kamera va suvdan himoyani raqobatdosh narxni ushlab turgan holda ham joriy qilsa bo‘lishini isbotlab berdi-ku.

5. Zaryadchikni qadoq tarkibidan olib tashlamaslik

Mi 11'ni Xitoyda sotishni boshlaganida Xiaomi foydalanuvchilar xohlasa zaryadchikni tekinga olishlari, xohlamasa, o‘zlarining oldingi quvvatlagichidan foydalanishi mumkinligini aytgandi. Yaxshi tomoni shuki, zaryadchik olsangiz ham, olmasangiz ham, narx o‘sha-o‘sha. Xayriyatki, global bozorda Mi 11 qurilmalari quvvatlagich bilan sotildi.

Xiaomi 12 smartfonlari qadog‘i tarkibida zarydachik saqlab qolinishini xohlar edik, ayniqsa, Samsung va Google singari kompaniyalar teskari yo‘ldan ketayotgan ayni paytda. Biroq kompaniya zaryadchiklarni olib qo‘ygan taqdirda ham, ularni arzon sotishi yoki tekinga berishiga umid qilib qolamiz. Chunki birgina adapter uchun osmon narxini qo‘ygan kompaniyaning tabiat borasidagi xavotirlariga ishonish qiyin.

6. Kattaroq (lekin ko‘proq emas) piksellar

Mi 11 108 MP asosiy kamera bilan debyut qilingan edi. Bu yaxshi yoritilgan sharoitlarda to‘liq rezolyutsiya bilan ham tasvir detallga boy chiqishini ta’minlab beradi, biroq sifat past yoritilgan holatlarda tushib ketadi.

Mi 11 Ultra bilan esa Xiaomi boshqa usulni qo‘lladi va 50 MP Isocell GN2 kamerasini asosiy kamera sifatida o‘rnatdi. Kamera, shuningdek, kattaroq 1.4-mikron piksellarga ham ega bo‘ldi. Natijada, past yorug‘likda ham rasm va videolar sifatli chiqadi. To‘liq rezolyutsiyada olingan kadrlarda ham shovqin kam bo‘ladi.

Past yorug‘lik imkoniyatlariga qo‘shimcha ravishda, Mi 11 Ultra'ning 50 MP kamerasi 108 MP linzadan ko‘ra yaxshiroq avtofokus imkoniyatiga ham ega. Shunday qilib, Xiaomi 12 smartfoni kichikroq megapikselli, lekin kattaroq sensorli bo‘lishini xohlardik, xuddi Mi 11 Ultra'dagi kabi.

O‘QING: Xiaomi Redmi 10'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz