Xiaomi 12 Lite'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Xiaomi 12 Lite'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi

Xiaomi o‘zining so‘nggi flagman seriyasida uchta: Xiaomi 12, 12 Pro va 12X smartfonlarini taqdim etdi. Biroq Xiaomi 12 seriyasi kengayishni davom etadi. Linyaga yana Xiaomi 12 Ultra hamda Xiaomi 12 Lite modellari ham qo‘shiladi. 

Nomidan aytib turibdiki, Xiaomi 12 Lite o‘tgan yilgi Mi 11 Lite 5G modelining davomchisi bo‘ladi. Avvalgi renderlardan shu ma’lum bo‘ldiki, qurilma Xiaomi 12 modeliga o‘xshaydi hamda qayrilma displeyga ega bo‘ladi. O‘tgan yilgi model yassi displey bilan jihozlangan edi. 

Yaqinda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi 12 Lite modeli 120 gerts chastotada ishlovchi 6.55 dyuymli FHD+ AMOLED displeyi bilan jihozlanadi. Shuningdek, qurilma 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ladi. Taqqoslash uchun, O‘tgan yilgi modelga 4,250 mAs akkumulyator o‘rnatilgan bo‘lib, u 33 vattda quvvat oladi. 

Yangi model Xiaomi 11 Lite 5G NE kabi Snapdragon 778G chipi, 6/8GB tezkor xotira, 128/256GB doimiy xotira, 64MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng kamera, 5MP makro kamera bilan jihozlanishi aytilmoqda. 

Barmoq izi skaneri ekran ostiga o‘tadi. Avvalgi modelda u smartfonning yon tomonida joylashgan edi. Selfi kamera rezolyutsiyasi 20 megapikseldan 16 megapikselga pastlashi taxmin qilinmoqda. Gadjet Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

O‘QING: RedMagic 7 Pro global bozorga chiqarildi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!