Xiaomi 12'ning global versiyasi GeekBench'da testdan o‘tdi

Xiaomi 12'ning global versiyasi GeekBench'da testdan o‘tdi

O‘tgan yilgi Mi 11 kabi Xiaomi 12'ning ham global versiyasi sotuvga chiqadi. O‘tgan oyda kompaniya Xitoy bozori uchun mo‘ljallangan modelni taqdim etgan edi. 

Endi smartfonning global versiyasi yaqin orada sotuvga chiqariladi. Bundan oldin global Xiaomi 12'ning prototip versiyasi GeekBench'da testdan o‘tdi. 

Odatdagidek natija benchmarkning online ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. 

Xitoy versiya kabi global model ham Snapdragon 8 Gen1 chili va 8GB tezkor xotira bilan jihozlangan. Qurilmaning 12GB tezkor xotiraga ega turi sotuvga chiqishi hali aniq emas. 

GeekBench'dagi prototip model Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Qurilma global versiyasida ekanligini uning model raqamidan bilib olish mumkin. Smartfon model raqami 2201123G bo‘lib, bu yerda “G“ harfi qurilmani global versiya ekanligini bildiradi. 

Shuningdek, Xiaomi 12 Pro ham xalqaro bozorda sotuvga chiqariladi. O‘tgan yilgi Mi 11 Pro modeli faqat Xitoy bozori uchun ishlab chiqarilgan edi. 

O‘QING: Black Shark 5 smartfoniga oid ilk ma’lumotlar sizdirildi