Xiaomi 12'ning narxi va texnik jihatlariga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Xiaomi 12'ning narxi va texnik jihatlariga oid yangi ma’lumotlar sizdirildi

Kelasi hafta Xiaomi katta taqdimot namoyishini o‘tkazadi. Unda taqdim etiladigan Xiaomi 12 smartfoniga oid ko‘plab yangi ma’lumotlar sizib chiqmoqda.

O‘tgan hafta smartfon 6.28 dyuymli displeyga ega bo‘lishi ma’lum bo‘lgan edi. 

1080 piksel rezolyutsiyada ishlovchi panel DisplayMate reytingida A+ natijani qayd etdi. Avvalroq Xiaomi 12 qurilmasi Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlanishi ham ma’lum bo‘lgan edi. 

Kecha smartfonning qolgan texnik jihatlariga oid bo‘lgan yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. 

Unga ko‘ra smartfonga f/1.9 diafragma hamda optik surat barqarorlashtirgichiga ega bo‘lgan 50MP asosiy kamera, shuningdek, 13MP ultrakeng va 3x optik zumni qo‘llab-quvvatlovchi telefoto kameralari o‘rnatiladi. Telefoto hamda ultrakeng kameralari ham optik surat barqarorlashtirgich funksiyasiga ega bo‘ladi. 

Smartfon UFS 3.1 va LPDDR5 xotira turiga ega bo‘ladi. U Wi-Fi 6, Bluetooth 5.2 hamda NSA va SA 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Displey 120Hz ekran yangilanish chastotasida ishlaydi hamda HDR10+ va Dolby Vision funksiyalariga ega bo‘ladi. 

Xiaomi 12 smartfoni Android 12 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Bundan tashqari, qurilma 67 vattda quvvat oluvchi 4,500 mAs sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Qurilmaning og‘irligi 180 grammni tashkil qiladi. Unga Dolby Atmos funksiyasini qo‘llab-quvvatlovchi stereo dinamik o‘rnatiladi. 

Xiaomi 12'ning narxi taxminan quyidagicha bo‘ladi: 

Xiaomi 12 (8/128GB) - 580 dollar

Xiaomi 12 (8/256GB) - 627 dollar

Xiaomi 12 (12/256GB) - 690 dollar

O‘QING: realme GT 2 Pro'ning to‘liq texnik jihatlari ma’lum bo‘ldi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!