Xiaomi 13S seriyasini kutib ovora bo'lmang!

Xiaomi 13S seriyasini kutib ovora bo'lmang!

Xiaomi 13 flagmanlari o'z vatanida taqdim qilinganiga ham bir necha oydan oshdi va endilikda xitoyliklar uning yangilangan varianti – Xiaomi 13S seriyasining chiqarilishini kutishmoqda. O'tgan yilgi Xiaomi 12S seriyasidagi smartfonlar, ehtimol, original Xiaomi 12 seriyasidan ham ko'proq mashhurlikka erishdi. Biroq, ushbu seriyasining davomchisi Xiaomi 13S smartfonlari bu yil yoruq dunyoni ko'rmasligi mumkin.

Xiaomi rahbari, Ley Jun, o'zining rasmiy Weibo sahifasida Xiaomi 13S seriyasi chiqarilmasligini e'lon qildi.

"Hozircha Xiaomi 13'ning yarimavlod yangilangan versiyasini ishlab chiqarish rejalashtirilmayapti. Xiaomi 13S'ni kutmang."

Xiaomi flagman smartfonlarining "S" harfi qo'shilgan seriyasi odatda so'nggi texnologiyalardan ortda qolmaslik uchun yangi xususiyatlar bilan chiqariladi. Masalan, hozirgi Xiaomi 12S seriyasidagi Ultra model kamera borasida o'z davrining har qanday flagmanlari bilan bahslasha oladigan sensorlarga ega. Biroq, ushbu seriya Xitoy uchun eksklyuziv edi. Boshqa hududlardagi Xiaomi, umuman, telefon ishqibozlar Xiaomi 12S Ultra global bozorga chiqmagan xafa bo'lishgan edi. Ley Jun o'shanda, navbatdagi Ultra butun dunyo uchun chiqarilishini aytgan va bu endilikda Xiaomi 13 Ultra bo'lishi mumkin, Xiaomi 13S Ultra emas.

Xiaomi hozirda o'zining Xiaomi 13, Xiaomi 13 Pro va Xiaomi 13 Lite smartfonlarini fevral oyi oxirida global bozorga taqdim qilishga tayyorlanmoqda. Ko'rib turganingizdek, ular orasida Ultra model yo'q. Ehtimol, u Xiaomi 13S seriyasini o'rnini bosish uchun keyinroq chiqariladi.

O'QING: Yangi Poco smartfoni teri qoplamga ega va u atigi 100 dollar turadi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!