Xiaomi 2018 yildagi ilk taqdimotini o‘tkazdi

Xiaomi 2018 yildagi ilk taqdimotini o‘tkazdi

Smartfon ishlab chiqarish bilan puli bor va bozorni bilgan xohlagan kompaniya shug‘ullanishi mumkin, biroq biz ramziy ma’noda "elektron yurak" deb ataydigan mobil protsessor ishlab chiqarishga har kimning ham yuragi dov bermaydi. Xiaomi esa oddiy kompaniya sifatida ish boshlab, bugun chip ishlab chiqarish darajasidagi texno-gigantga aylandi.

2017 yilda kompaniyaning shaxsiy chipida ishlaydigan Xiaomi Mi 5C taqdim etilgan edi. Kecha xitoylik kompaniya rasman yanada ilg‘or Surge S2 protsessorini taqdim qildi. Bu yil mazkur chipda ishlaydigan bir nechta smartfonni ishlab chiqarish reja qilinmoqda.

Xiaomi Surge S2 protsessorini ishlab chiqarishda Tayvanning TSMC kompaniyasi bilan hamkorlik qilingan. Bu chip ma’lumotni 16 nanometrli texnik jarayonda qayta ishlaydi. Ishlanmada 8 ta – 4 ta ARM Cortex-A73 hamda 4 ta ARM Cortex-A53 yadrolari mavjud. Chipning maksimal chastota tezligi 2,2 GGs.gacha yetadi. Unda grafik-tasvirlar uchun Mali G71 MP8 video-kartasi o‘rnatilgan. Shu bilan birga, protsessor UFS 2.1 toifasidagi doimiy xotira hamda LPDDR4 toifasidagi tezkor xotirani qo‘llab-quvvatlaydi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!