Xiaomi 5G smartfoni 66 vattda quvvatlanadi

Xiaomi 5G smartfoni 66 vattda quvvatlanadi

Xiaomi sentyabr oyida 40 vatt tezkor zaryadlash va 30 vatt simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega Mi 9 Pro 5G'ni taqdim qilgan edi, ammo kompaniya hozirda buni yanada mukammallashtirmoqchi. 

Yaqinda xitoylik smartfonsozning yangi bir telefoni CCC tomonidan sertifikatlandi. Bu gadjet 11V/6A zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa 66 vatt quvvatlanishga teng deganidir. Shu bilan bu qurilma hozirgi bozorda mavjud bo‘lgan barcha telefonlarga qaraganda tezroq quvvatlanadi.Xabari berilayotgan bu devays Redmi K30 lineykasi tarkibiga kirmasligi aniq, chunki bi oilaning 30 vattda quvvatlanishi haqida o‘tgan hafta ma’lumot berilgan edi. Mi Note 10 lineykasi allaqachon Pro va Pro bo‘lmagan variantlarda taqim qilib bo‘linganini hisobga olsak, M2001J1E va M2001J1C model raqamlari odatda yil boshida taqdim qilinuvchi Mi 10'ga tegishli ekanligini kelib chiqadi.

Xiaomi'ning 66 vatt tezkor zaryadlash qobiliyatiga ega qurilma chiqarishi Oppo'dan bir pog‘ona ustunlikka erishishdir. Sababi hozirda bozorda mavjud qurilmalalar orasida eng tez zaryadlanuvchi smartfon shu kompaniya tegishli: Oppo Reno Ace gadjeti 65 vattda quvvatlanadi va 4 000 mA/soat akkumulyatorga ega. Devays 0% 100% zaryad olishi uchun roppa-rosa 28 daqiqa kerak bo‘ladi, xolos.

Biroq bu yangilikdan katta o‘zgarish kutmaslik kerak. Chunki 65 vattli Reno Ace 50 vattli Realme X2 Pro'dan atigi ikki daqiqa tezroq zaryadlanadi xolos. 

O‘QING: Redmi’ning ikkita arzon flagmani rekord o‘rnatdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.