Xiaomi Amerikaning taniqli kompaniyalaridan birini sotib oladi

Xiaomi Amerikaning taniqli kompaniyalaridan birini sotib oladi

Insayderlarning ma’lum qilishlaricha, Xitoyning Xiaomi kompaniyasi shu kunlarda jahonning taniqli ekshen-kamera ishlab chiqaruvchisi bo‘lgan amerikalik GoPro kompaniyasini xarid qilmoqchi.

2002 yilda asos solingan GoPro kompaniyasi o‘zining ekshn-kameralari hamda dronlari bilan juda qisqa fursatlarda nom qozongan hamda rivojlangan. Shunga qaramasdan GoPro so‘nggi vaqtlarda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.

O‘qing: "Malika"da hanuz yaxshi sotilayotgan mashhur iPhone endi Hindistonda ishlab chiqariladi

2017 yil yakunlariga ko‘ra, GoPro $182,9 mln dollar zarar ko‘rgan. Joriy yilning yanvar oyida GoPro xodimlari sonini qisqartirishga kirishdi. Undan so‘ng esa kompaniya dronlar bozorini ham tark etishini ma’lum qilgan.

GoPro asoschisi Nik Vudman (Nick Woodman) tomonidan tasdiqlanishicha, kompaniya tez orada sotiladi. Ekspertlarning fikricha, GoPro bahosi $1 mlrd dollarni tashkil qiladi.

O‘qing: Terabayt.uz'da eng ko‘p izlangan 10 ta smartfon

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.