Xiaomi Black Shark 5 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Black Shark 5 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi kompaniyasi o‘yin uchun mo‘ljallangan Black Shark seriyasini anchadan beri taqdim etib keladi. Ushbu smartfonlar o‘yin ishqibozlari orasida ancha mashhur. 

Bu yili kompaniya Black Shark 5 seriyasini taqdim etdi. Unda uchta smartfon bo‘lib, ularning eng kattasi Black Shark 5 Pro hisoblanadi. 

Black Shark 5 va Black Shark 5 RS bugungi qahramonimizning “ukalari“ hisoblanadi. Pro model bilan taqqoslasak, bu ikki smartfonning chip, kamera va displey texnik ko‘rsatkichlari biroz pasaygan. 

Black Shark 5 Pro haqiqiy flagman smartfon. U Snapdragon 8 Gen1 chipi bilan jihozlangan. Qurilma unumdorligini yanada yaxshilash maqsadida Xiaomi unga ikkita sovutish tizimini o‘rnatdi. 

Black Shark 5 Pro jami 512GB doimiy xotiraga ega bo‘lib, u 256GB UFS 3.1 va 256GB NVMe SSD xotirasiga bo‘lingan. DM Cache texnologiyadan foydalanib, Black Shark tasodifiy o‘qish va yozishni sezilarli darajada yaxshilashga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, LPDDR 5 (6400 Mbit/s) xotiradan muhim bo‘lgan hollarda RAM diskini yaratish uchun foydalanish mumkin. 

Xiaomi Black 5 Pro'ning texnik jihatlari:

> Korpus: 163.9x76.5x9.5mm, 220g; old panel shisha, orqa panel shisha, matall rom; korpusdan sizib chiquvchi jismoniy triggerlar. 

> Displey: 6.67 dyuymli AMOLED, 144 gerts, HDR10+, 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik; Always On-displey. 

> Chipset: Qualcomm SM8450 Snapdragon 8 Gen 1 (4 nm): Sakkiz yadroli (1x3.00 GHz Cortex-X2 & 3x2.40 GHz Cortex-A710 & 4x1.70 GHz Cortex-A510); Adreno 730. 

> Xotira: 8/256GB, 12/256GB, 16/512GB; UFS 3.1/NVMe SSD. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 12, Joy UI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108 MP, f/1.8, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 13 MP, f/2.4, 120 daraja; Telemakro kamera: 5 MP, f/2.4, AF. 

> Selfi kamera: 16 MP, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 4K@30/60fps, 1080p@30/60/240fps, 1080p@960fps; HDR10+; Selfi kamera: 1080p@30fps.

> Akkumulyator: 4,650.mAs; 120 vatt tezkor quvvatlash texnologiyasi, 100% - 15 daqiqada (reklamaga ko‘ra). 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); NFS. 

Smartfonga o‘rnatilgan 4,650 mAs sig‘imli akkumulyator 120 vattda quvvat oladi. To‘liq quvvatlanish uchun qurilma atigi 15 daqiqa vaqt sarflaydi, ammo haroratni nazorat qiluvchi rejim quvvatlash tezligini sekinlashtirib, ushbu vaqtni 24 daqiqaga cho‘zishi mumkin.

Shuningdek, o‘yin o‘ynash vaqtida smartfon quvvatlantirish uchun qo‘yilganda u batareyani aylanib o‘tish rejimiga o‘tadi. Bu o‘yinbop smartfonlarda foydalanuvchi tajribasini oshiradigan kichik funksiyalardan biri hisoblanadi.

Black Shark 5 Pro 1,5 cc bo‘shliqli simmetrik dinamiklarga ega. Ayni paytda qurilma 86 ball bilan DxOMark audio chartida yetakchi bo‘lib turibdi. Bundan tashqari, ovozni yaxshi yetib borishi uchun to‘rtta mikrofon va displey yorqinligini mukammal boshqarish uchun old va orqa panelda ikkita tashqi yorug‘lik datchiklari joylashgan.

Smartfon yuqori darajadagi displeyga ega. Ya’ni unga 144 gerts yangilash va 720 gerts sensorli namuna olish chastotasini qo‘llab-quvvatlovchi 6.67 dyuymli AMOLED displeyi o‘rnatilgan. Displey HDR10+ funksiyasi va DCI-P3 rang aniqligiga ega  

Odatda o‘yinbop smartfonlarga oddiyroq kameralar o‘rnatiladi. Avvalgi Black Shark yoki boshqa kompaniyalarning o‘yinbop smartfonlarida buni guvohiga aylangan edik. Biroq raqamlarga qaraganda Black Shark 5 Pro modeli yaxshi kameralar bilan jihozlanganga o‘shaydi. Qurilmaga 108MP asosiy, 13MP ultrakeng va 5MP telemakro kamera o‘rnatilgan. Telemakro kameradan yaqinda joylashgan ob’yektlarni suratga olishda foydalaniladi. 

Yuqoridagi eslatib o‘tilgan barcha funksiya va texnik ko‘rsatkichlar uchun 660 dollar mablag‘ sarflash kerak bo‘ladi. 

Qadoq tarkibi

Qurilma o‘yinbop smartfonlar kabi noodatiy dizayndagi quyida keladi. Uning ichidan 120 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va sifatli g‘ilof o‘rin olgan. 

Foto: GSMArena

O‘QING: Poco F4 va X4 GT smartfonlari chiqmoqda 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!