Xiaomi’dan “ispancha duet”: Mi A2 va Mi A2 Lite taqdim qilindi

Xiaomi’dan “ispancha duet”: Mi A2 va Mi A2 Lite taqdim qilindi

Xiaomi 2017 yilda Android One turkumidagi ilk smartfoni – Mi A1 devaysini taqdim qilgan edi. Bugun esa Ispaniya poytaxti Madridda mazkur modelning "merosxo‘ri" bo‘lgan Mi A2 smartfoni hamda uning soddaroq talqini  Mi A2 Lite modeli taqdim qilindi. Taqdimot marosimida qayd etilishicha, Mi A1 so‘nggi bir yillikning eng yaxshi sotilgan smartfonlari o‘ntaligidan o‘rin egallagan. Misol uchun, 2018 yilning fevral oyi mobaynida jahon miqyosida sotilgan jami smartfonlarning 1,1 foizi aynan Mi A1 modeli tashkil qiladi.

Taqdimotda Xiaomi’ning vitse-prezidenti Vang Shiang 2017 yil kompaniya uchun muvaffaqiyatli kelgani, 7 yil ichida kompaniya daromadi $15 mlrd dollarga yetgani, o‘sish sur’ati Apple, Google hamda Facebook kompaniyalarinikidan ham yuqori ekanini ta’kidladi. Kompaniya 5 turdagi mahsulot sotishda ayni paytda jahonda birinchi raqamli brend. Shundan so‘ng smartfonlar taqdimoti boshlandi.

Mi A2 modelining 7.3 millimetrli metalldan tayyorlangan orqa paneli qayrilma dizaynda tayyorlangan. Devays quyisida Type-C USB porti mavjud. Smartfon ekrani 2.5D shaklidagi 5-avlod Corning Gorilla Glass shishasi bilan qoplangan. Smartfon tilla, ko‘k hamda qora rangdagi korpuslarda ishlab chiqariladi.

Mi A2 bosh kamerasida ikki ob’yektivli: 12 megapikselli IMX486 sensori hamda 20 megapikselli Sony IMX376 sensori. Ularning har ikkalasidagi yorug‘lik taqsimlaydigan diafragma f/1.75 standartli. Ya’ni, juda ham yaxshi. Natijada, sensorlarning piksel o‘lcham ham kattalashgan -  1.25 mikron piksel va  2 mikron piksel. Xiaomi taqdimotda Mi A2 kamera imkoniyatlarini Samsung Galaxy A8 bilan taqqoslab, o‘z smartfoni bu borada ilg‘or ekanini aytdi. Ayniqsa, yorug‘lik past sharoitda surat olishda Mi A2 o‘z sohibini xursand qiladi.

Xiaomi tomonidan ma’lum qilinishcha, ikkinchi – 20 megapikselli sensorga tatbiq qilingan 'Super Pixel' texnologiyasi yorqin suratlar oilsh uchun ayni muddao. Mi A2 modeli portret olishda "sun’iy ong"ga tayanadi.

Mi A2 selfi kamerasi ham yomon emas -- 20 megapikselli. Selfi uchun ham fotchaqnoq ham mavjud. Selfi kamerada ham orqa foni g‘ira-shira qilingan suratlar olish mumkin.

Yana bir o‘ziga xos jihat -- Google Lens! Google Lens surat va manzarani tahlil qiladi. Google Assistant - aqlli yordamchisi, Google Photos ilovasi fotosurat bilan ishlash imkonini oshiradi.

Mi A2 bizga yaxshi tanish Qualcomm Snapdragon 660 chipiga ega bo‘lgan. Xiaomi'ga ko‘ra, Antutu benchmarkida gadjet 140,000 ball, ya’ni o‘tgan yilgi Mi A1 modelidan (64,523) ancha-muncha ko‘p ball to‘plagan. Mi A2 tezkor xotirasi 4/6 gigabaytli, doimiy xotira 64/128 gigabaytli.

Narx-navo

Xiaomi Mi A2 modelining eng quyi talqini 290 AQSh dollari, o‘rta talqini 326 AQSh dollari hamda eng yuqori talqini 400 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Shundan so‘ng jamoatchilik e’tiboriga Mi A2 Lite modeli taqdim qilindi.

Ushbu hamyonbop devays old panelida, ekran yuqorisida iPhone X'niki kabi kesig‘i bor. Uning displeyi 5.84 dyuymli, 19:9 o‘lchamli, piksel sig‘imi HD+.

Smartfon o‘rtacha imkoniyatli Snapdragon 625 protsessoriga ega bo‘lgan. Bu chip ko‘plab Xiaomi smartfonlarida, jumladan Redmi Note 5, Redmi 6 Pro kabi devayslarga o‘rnatilgan.

Mi A2 Lite bosh kamerasiga qo‘sh sensor tanlangan: 12MP+5MP kamera modullari. Old kamera esa 5 megapikselli aniqlikda surat oladi. Uning kameralarida ham "sun’iy ong" texnologiyasi joriy qilingan. Mi A2 Lite quvvati uchun tok sig‘imi 4000 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul.

Mi A2 Lite modelining 3/32 GB talqini 209 AQSh dollari, 4/64 Gb talqini 267 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

27 iyuldan sotuvga chiqariladigan har ikkala smartfonda "quvvatni aqlli tejash" texnologiyasi joriy qilingan.

Xiaomi Mi A2 texnik jihatlar:

Aloqa tarmog‘i: GSM (850/900/1800/1900 MGs), WCDMA/HSPA (900/1800/1900/2100 MGs), FDD-LTE (B1, B3, B5, B7, B8, B20, B34, B38, B39, B40, B41), TD-SCDMA, CDMA;

Platforma: Android Oreo (Android One);

Displey: 5,99", 2160 x 1080 belgi, 18:9, 403ppi, 1500:1, IPS, 2,5D shaklidagi Gorilla Glass 5 shishasi;

Kamera: qo‘sh, 12 Mp, (Sony IMX486, 1,25 mkm, f/1.75) + 20-Mp (Sony IMX376, 2 mkm, TetraCell, f/1.75), 4K@30fps;

Old kamera: 20 Mp, Sony IMX376, 2 mkm, Super Pixel, HDR;

Protsessor: 8 yadro, 4 x 2,2 GGs + 4 x 1,8 GGs, Qualcomm Snapdragon 660;

Grafik chip: Adreno 512 650 MGs;

Operativ xotira: 4/6 GB LPDDR4X;

Doimiy xotira: 32/64/128 GB eMMC 5.1;

Xotirani kengaytirish: yo‘q;

Boshqa jihatlar: GPS, GLONASS, Bluetooth 5.0 HID, Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2x2 MU-MIMO, USB Type-C;

nano-SIM: 2 ta sim-karta;

Barmoq izi skaneri: bor;

Akkumulyator: 3010 mA soat, QuickCharge 3.0 18W tezkor quvvatlash;

O‘lchamlari: 158,7 x 75,44 x 7,3 mm;

Vazni: 168 gramm.

Xiaomi Mi A2 Lite texnik jihatlari:

Aloqa tarmog‘i: GSM (Band 2, 3, 5, 8), CDMA (BC0), WCDMA (Band 1, 2, 5, 8), TD-SCDMA (Band 34, 39), FDD-LTE (Band 1, 3, 5, 7, 8, 20), TDD-LTE (Band 34, 38, 39, 40, 41);

Platforma: Android Oreo, Android One;

Displey: 5,84", 2280 x 1080 belgi, 19:9, 432 ppi, 1500:1, 500 nit, 84% NTSC, IPS;

Bosh kamera: qo‘sh, 12 Mp + 5 Mp, 1,25 mkm, f/2.2, AI, g‘ira-shira fon, PDAF, LED-fotochaqnoq, 1080p@30fps video;

Old kamera: 5 Mp, HDR, AI, portret rejimi, Face Unlock;

Protsessor: 8 yadro, 2,0 GGs, 64 bit, Qualcomm Snapdragon 625;

Grafik chip: Adreno 506;

Operativ xotira: 3/4 GB;

Doimiy xotira: 32/64 GB;

Xotirani kengaytirish: microSD bor;

Boshqa jihatlar: A-GPS, GLONASS, Beidou, Wi-Fi (802.11a/b/g/n), Bluetooth 4.2, microUSB, 3,5 mm tuynuk;

Akkumulyator: 4000 mA soat;

O‘lchamlari: 149,33 x 71,68 x 8,75 mm;

Vazni: 178 gramm.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.