Xiaomi eng kuchli kamerafonini aytdi

Xiaomi eng kuchli kamerafonini aytdi

Joriy yilning martida taqdim qilingan Xiaomi Mi Mix 2s smartfoni Xiaomi kompaniyasi tomonidan e’tirof etildi. Uning kompaniya ishlab chiqargan eng yaxshi kamerofon ekani aytildi. Tez orada Xiaomi Mi Mix 2s bu nufuzdan mahrum bo‘ladi.

Kompaniyaning Xitoyda mashhur Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida Xiaomi Mi Mix 2s kamerasida olingan bir nechta fotosuratlar e’lon qilinib, uning juda ham kuchli kamerafon ekani, biroq bu flagman mazkur nomni Xiaomi Mi 8 taqdimotigacha saqlab qola olishi bayon qilingan. Ya’ni, kompaniya endi yanada kuchli kamerafonni bozorga tayyorlagan.

Xiaomi Mi Mix 2s smartfoni 12 megapikselli Sony IMX363 sensori hamda Samsung S5K3M3 sensorlariga, shu bilan birga F/1,8 hamda F/2,4 standartli yorug‘lik taqsimlovchi diafragmalarga ega bo‘lgan edi. Quyida ushbu devays bosh kamerasida olingan suratga diqqat qiling.

Xiaomi Mi 8 flagmani kamerasida esa 20 hamda 16 megapiksel sig‘imli suratni tasvirlash senosrlari bosh kameraga o‘rnatiladi. Ularning ob’yektivlaridagi diafragma esa F/1,7 hamda F/2,0 standartli bo‘ladi, ya’ni yanada ilg‘or.

Shu bilan birga, manbalarning ma’lum qilishlaricha, mazkur smartfonning "Xiaomi Mi 8 SE" (Special Edition - maxsus talqin) varianti ham bo‘ladi. Uning kamerasi ham xuddi shunday texnik jihatlar bilan ta’minlanadi. Kameralarning yana bir o‘ziga xosligi ularning "sun’iy aql" texnologiyasi orqali mustaqil ishlay olishi, sharoitga to‘g‘ri baho berishi bo‘ladi.

Xiaomi Mi 8 hamda Mi 8 SE ishlab chiqaruvchining bu yildagi eng yaxshi kamerofonlari bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Mi 8 modeli old panelida 3D-kamera bo‘lgan ilk Android smartfon bo‘ladi. Uning yordamida smartfonning xavfsizlik tizimi ta’minlanadi. Hozircha iPhone X shunday jihatga ega bo‘lgan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!