Xiaomi jamoatchilikni Mi A2 bilan tanishtirdi

Xiaomi jamoatchilikni Mi A2 bilan tanishtirdi

Shu yilning 30 aprel kuni taqdim qilingan Xiaomi Mi 6X smartfonining "egizagi" borligi haqida xabarlar to‘xtagani yo‘q.

Bugun, 16 iyulda Xiaomi kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Mi A2 smartfonining taqdim qilinishini tasdiqladi. U o‘tgan yilning sentyabrida namoyish qilingan Mi A1 modelining "merosxo‘ri"dir. 

Tarmoqda e’lon qilingan rasmiy posterda "Android One - yangi avlodga oz qoldi" degan yozuv tushirilgan.

Mi A2 deb nom olgan devaysning texnik jihatlari farq qilmaydi. Uning operatsion tizimi esa "Android One", ya’ni toza android!

Yangi smartfon romdan xoli bo‘lgan old paneli hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos.

Bosh kamera 12 megapikselli aniqligidagi suratlar oladi. Undagi yordamchi sensori esa 20 Mp sig‘imli. Bosh kamerada portret rejimida suratga olishda "sun’iy aql" funksiyasi tatbiq qilingan.

Selfi kamera uchun 20 megapikselli sensor tanlangan hamda bu kamera ham svetodiodli fotochaqnoq va "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan.

Smartfon metall korpusga ega bo‘lgan. Korpusning orqa panelida barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Xiaomi Mi A2 uchun diagonali 5,99 dyuymli, piksel sig‘imi Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) displey tanlangan.

Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, 4 yoki 6 gigabaytli tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytli doimiy xotira platforma samaradorligi uchun ahamiyatli.

Mi A2 dasturiy ta’minotni Google kompaniyaidan oladi va xalqaro bozorga moslashtirilgan. Bu esa smartfonning barqaror va tezkor ishlashiga xizmat qiladi.

Xiaomi ma’lum qilishicha, Mi A2 24 iyulda taqdim qilinadi.