Xiaomi kutilgan qurilmasi haqida kutilmagan xabar berdi

Xiaomi kutilgan qurilmasi haqida kutilmagan xabar berdi

Sentyabr oyida Xiaomi Mi Mix Alpha smartfonini e’lon qilganda, barcha yangiliklarda ushbu ikki tomoni ekran bilan qoplangan unikal qurilma haqida ko‘p nashrlar yozgan edi.

Futurustik smartfon dekabr oyida cheklangan miqdorda va 2 800 AQSh dollari atrofida sotuvga chiqishi kutilayotgan edi. 

Biroq, Abacusnews.com saytining bergan xabarlariga ko‘ra, kompaniya ushbu devays sotuvlari boshlanishini kechiktirdi va mijozlar qachondan boshlab bu smartfonni xarid qilishlari mumkinligi hozircha noma’lum.

O‘tgan oy qurilma qisqa muddat Xiaomi'ning onlayn do‘koni va Tmall'da paydo bo‘lgan, biroq hech qanday oldindan buyurtma berish yoki xarid qilish imkoniyati mavjud emas edi.

Mi Mix Alpha'ning taqdimoti paytida kompaniya Bosh ijrochi direktori o‘rama ekranni ishlab chiqarishdagi texnik qiyinchiliklar sabab faqat cheklangan miqdorda ishlab chiqarilishini aytgan edi.

Biz esa, odatdagidek, voqealar rivojini kuzatishda va sizni yangiliklardan boxabar qilishda davom etamiz.

O‘QING: Xiaomi kuchlilarni yig‘ishda davom etmoqda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!