Xiaomi Mi 6X (Mi A2) rasman taqdim qilindi

Xiaomi Mi 6X (Mi A2) rasman taqdim qilindi

Xiaomi kompaniyasining ko‘pdan buyon kutilgan Xiaomi Mi 6X smartfoni taqdim qilindi. Devays romdan xoli bo‘lgan old paneli hamda qo‘sh sensorli bosh kamerasi bilan o‘ziga xos.

Bosh kamera uchun Sony IMX486 sensori tanlangan va bu modulning yorug‘lik taqsimlovchi qurilmasi f/1.75 standartli hamda Redmi Note 5 Pro kabi bu talqin ham 12 megapikselli aniqligidagi suratlar oladi.

Yordamchi Sony IMX376 sensori esa 20 Mp sig‘imli. Bosh kamerada portret rejimida suratga olishda "sun’iy aql" funksiyasi tatbiq qilingan.

Selfi kamera uchun 20 megapikselli Sony IMX376 sensori tanlangan hamda bu kamera ham svetodiodli fotochaqnoq va "sun’iy aql" funksiyasiga ega bo‘lgan. Ya’ni, sharoitdan kelib chiqib kamera o‘zini sozlay oladi va sifatli suratlar muhrlaydi.

Smartfon metall korpusga ega bo‘lgan. Korpusning orqa panelida barmoq izi skaneri o‘rnatilgan. Xiaomi Mi 6X uchun diagonali 5,99 dyuymli, piksel sig‘imi Full HD+ (2160 x 1080 pikselli) displey tanlangan.

Sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 660 protsessori, 4 yoki 6 gigabaytli tezkor hamda 64 yoki 128 gigabaytli doimiy xotira platforma samaradorligi uchun ahamiyatli. AnTuTu benchmarkida smartfon 139 ming ball to‘plagan. Mi5X (Snapdragon 625) bilan taqqoslab ko‘rilganda uning samaradorligi 51% ga oshgan.

Doimiy xotirani microSD yordamida kattalashtirish imkoni mavjud emas.

Xiaomi Mi 6X akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 3010 mA soatni tashkil qiladi. Uni QuickCharge 3.0 texnologiyasiga ko‘ra tezkor quvvatlash imkoni ham mavjud.

Smartfon qo‘sh sim kartali bo‘lib, aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi (802.11 ac), Bluetooth 5 LE, GPS + GLONASS tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Gadjetda USB Type-C porti ham mavjud.

Xiaomi Mi 6X smartfoni Android 8.1 Oreo operatsion tizimining o‘zlashtirilgan MIUI 9 talqini boshqaruvida faoliyat ko‘rsatadi.

Devays o‘lchamlari: 158,8 x 75,54 x 7,3 mm, vazni — 166 gramm.

Ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon xalqaro bozorga Xiaomi Mi A2 nomi bilan chiqariladi. Bu o‘tgan yilgi Mi A1 devaysining merosxo‘ri bo‘lib, bu model ham "toza" Android tizimiga ega bo‘ladi.

Smartfon besh rangli talqinda ishlab chiqariladi — qizil, pushti, tilla, ko‘k hamda qora.

Narx-navo
253 dollarga devaysning 4+64 GB xotirali talqinini, 285 dollar evaziga 6+64 GB xotirali talqinini, 316 dollarga esa 6+128 GB talqinini xarid qilish mumkin. Smartfon 2018 yilning 27 aprelidan boshlab sotuvga chiqarildi. Taqqoslash uchun aytamiz, Snapdragon 660 chipiga ega bo‘lgan Meizu 15 modeli uchun $396 dollar so‘ralmoqda.


Xiaomi Mi6X modelining texnik jihatlari:

Aloqa tarmoqlari: GSM (850/900/1800/1900 MGs), WCDMA/HSPA (900/1800/1900/2100 MGs), FDD-LTE (B1, B3, B5, B7, B8, B34, B38, B39, B40, B41), TD-SCDMA, CDMA;
Platforma: Android Oreo'nig MIUI 9 talqini;
Displey: 5,99", 2160 x 1080 belgi, 18:9, 403ppi, 1500:1, IPS;
Bosh kamera: qo‘sh sensorli, 12 Mp, (Sony IMX486, 1,25 mkm, f/1.75) + 20-Mp (Sony IMX376, 2 mkm, TetraCell, f/1.75), 4K@30fps;
Selfi kamera: 20 Mp, Sony IMX376, 2 mkm, TetraCell;
Protsessor: 8 yadroli, 4 x 2,2 GGs + 4 x 1,8 GGs, Qualcomm Snapdragon 660;
Video karta: Adreno 512 650 MGs;
Operativ xotira: 4/6 GB LPDDR4X;
Ichki xotira: 64/128 GB eMMC 5.1;
Qo‘shimcha xotira: yo‘q;
GPS va GLONASS: bor;
Bluetooth 5.0 HID: bor;
Qo‘shimcha: Wi-Fi (802.11a/b/g/n/ac), 2x2 MU-MIMO, USB Type-C;
nano-SIM: qo‘sh;
Barmoq izi skaneri: bor;
Akkumulyator: 3010 mA soat, QuickCharge 3.0 18W;
O‘lchamlari: 158,7 x 75,44 x 7,3 mm;
Vazni: 168 gramm.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.