Xiaomi Mi 7’ning yangi surati tarqaldi – u «to‘nkarilgan» Mi Mix’ga o‘xshaydi

  •   DiMaX
  •  1907
  •  22.01.2018 18:40

Xiaomi Mi 7’ning yangi surati tarqaldi – u «to‘nkarilgan» Mi Mix’ga o‘xshaydi

Joriy yilda Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 ko‘rgazmasiga Xiaomi kompaniyasi o‘zining flagmani – Mi 7 smartfonini olib kelishi kutilayotir. Garchi ishlab chiqaruvchi sir tutayotgan bo‘lsa-da, uning tashqi ko‘rinishi va ichki – texnik va dasturiy ta’minoti bilan bog‘liq ancha-muncha ma’lumotlar tarqalgan.

O‘QING: Xiaomi Mi 7’ning ilk haqiqiy surati chiqdi

GizChina nashrining xabar berishicha, o‘zining ishlab chiqarish jarayoniga aloqadorligini da’vo qiluvchi bitta manba Weibo tarmog‘ida ushbu flagmanning suratini e’lon qilgan.

Quyidagi rasmda ko‘rib turganingizdek, smartfonning old panelini displey deyarli butunlay egallab olgan. Uning tepasidagi romda old kamera, yorug‘likni va yaqinlashuvni aniqlovchi datchiklar mavjud. Shuningdek, shu joyda qiyofani aniqlash funksiyasiga ega skaner ham joylashishi mumkin. Daktiloskopik sensor esa korpusning orqa sohasiga o‘rnatilgan.

Suratda logotipning porlab turganiga qaraganda, Mi 7 korpusi chindan ham shishadan ishlanmoqda. Bu shundan dalolat beradiki, mazkur model Xiaomi’ning simsiz quvvatlash texnologiyasiga ega ilk smartfoni bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi fanatlari 5 yil kutgan xususiyat Mi 7’da joriy etiladi

Bulardan tashqari, tasdiqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Mi 7 flagmani eng yangi Snapdragon 845 protsessoriga va, ehtimol, «sun’iy idrok» texnologiyasini qo‘llab-quvvatlovchi qo‘shimcha chipsetga ham ega bo‘ladi. Shular evaziga ushbu smartfon yanada sifatli suratlar ola bilishi va akkumulyator quvvatini optimallashtirgan holda sarflashi aytilayotir.

Darvoqe, bo‘lajak flagman tashqi qiyofasi Mi Mix’ni «ag‘darib» qo‘ygandek ko‘rinishini payqagandirsiz?

O‘QING: Xiaomi’ning yangi smartfonlari sun’iy idrokka va fantastik imkoniyatlarga ega bo‘ladi