Xiaomi Mi Mix 3'da "g‘alati o‘zgarish" bo‘ladi

Xiaomi Mi Mix 3'da

Xiaomi bugungi "romsizlik" tendensiyasining asoschilaridan biri ekaniga ikkilanmay da’vo qilsa va bundan g‘ururlansa bo‘ladi. Mi Mix ko‘pchilik ishlab chiqaruvchilarni chinakam zamonaviy smartfon qanday bo‘lishi kerakligiga ishontira oldi. To‘g‘ri, bu borada kazo-kazo kompaniyalar ancha ter to‘kishgan. Biroq, Xiaomi romsiz smartfonni ilk marotaba ommaviy ravishda ishlab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan.

2017 yilda vaziyat o‘zgardi. Bugun romsiz yoki yupqa romli, hoshiyasiz smartfonlar ko‘payib ketdi. Ular orasida Xiaomi Mi Mix 2 endi u qadar ham taassurotli emasdek. Bu esa Xiaomi oldiga yanada ilg‘or fikrlash vazifasini qo‘yadi.

O‘qing«Malika»da Xiaomi Redmi smartfonlarining so‘mdagi narxlari (2017 yil 23 noyabr)

Shu kunlarda keyingi avlod "romsizi" hisoblangan Xiaomi Mi Mix 3'ning render suratlari tarqaldi. ZEALER China nashri e’lon qilgan chizmalarda uchinchi avlod Mi Mix smartfoni aks etgani aytilmoqda. Dizayndagi bosh o‘zgarish — old panel to‘liq displey va bu yerda boshqa element yo‘q. Devaysdagi bosh kamera o‘rni va datchiklari joylashuvi ham o‘zgargan. Umuman, orqa panelda favqulodda o‘zgarishlar duch kelish mumkin: suhbat dinamigi, barcha datchiklar shu yerda joylashgan. Va. yanada qiziqroq jihati, orqa panelda ham kattagina qo‘shimcha displey mavjud.

 

Katta ehtimol bilan bu suratlar chindan ham Xiaomi Mi Mix 3'ga tegishli ekaniga ishonish mumkin.

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!