Xiaomi Mi TV 5 televizorlari to‘rtta karnayga ega bo‘ladi

Xiaomi Mi TV 5 televizorlari to‘rtta karnayga ega bo‘ladi

Xiaomi TV bo‘limining bosh menejeri Li Xiaoshuang Weibo'da yangi Xiaomi televizorlarining ovoz qobiliyati tavsifini e’lon qildi. Mi TV 5 oldingi avlod televizorlariga qaraganda yanada sifatli ovozga ega bo‘ladi.Menejerning so‘zlariga ko‘ra, Mi TV 5 lineykasi televizorlarida to‘rttadan karnay bo‘ladi. Shu bilan birga, muhandislar akustik dizaynning tuzilishini optimallashtirishga harakat qilishdi. Ushbu harakatlar samarasi o‘laroq, tovush sifati yaxshilanadi: bass yanada chuqurlashdi, yuqori chastotalar esa tiniqlashdi. Shuningdek, televizorlarning DTS-HD va Dolby Audio texnologiyalari yanada mukammallashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, televizorda Amlogic T 762 protsessori, 4GB hajmli operativ xotira, 64GB flesh xotiraga ega bo‘lishi avvalroq ma’lum qilingan edi.
Qurilma taqdimoti bugun bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Husan Qodirov tayyorladi.

O‘QING: Atigi 142 dollarga 40 dyuymlik televizor chiqdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.