2 ta arzon "syaomi" yangi ranglarda sotuvga chiqdi

2 ta arzon

Bugun Xiaomi gadjetlar assortimentiga Mi 5X'ning alvon va Mi Max 2'ning qora tusli korpusdagi talqinlarini qo‘shib o‘z ishqibozlarini hayratda qoldirdi.

Mi 5X smartfoni korpusi va yon tomon romlari qizil rangga kirgan. Uning old paneli esa qora.

Mi Max 2 (4 + 64 GB) esa klassik uslubdagi qora rangda taqdim qilindi. Bu -- smartfon foydalanuvchilari orasida eng ommalashgan rang.

Yangi talqindagi smartfonlar 1 noyabrdan onlayn va an’anaviy do‘konlarda sotuvga chiqariladi. Mi 5X uchun $225, Mi Max 2 uchun $256 dollar so‘ralmoqda.

5,5 dyuymli, Full HD ekranli va metall korpusli Mi 5X shu yilning 27 iyulida taqdim qilingan edi. Uning qo‘shaloq ob’yektivli kamerasi xuddi Mi 6 flagmanidagi kabi ishlaydi. Smartfon batareyasi 3080 mA soat. Xiaomi ushbu mahsulotini 220 AQSh dollariga narxlagan edi.

Shu yilning 25 may kuni taqdim qilingan Mi Max 2 fableti esa stereo, ya’ni 2 ta audio karnayi, 5300 mA soat elektr tokini sig‘diradigan va Quick Charge 3.0 texnologiyasiga ega akkumulyatori, 6.44 dyuymli Full HD (1920 x 1080 pikselli) ekrani, ilg‘or kamerasi va 2.0 Ggs chastota tezligida ishlaydigan 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 625 chipi bilan o‘ziga xos. Smartfon 1 iyundan $247 (64 GB) hamda $290 (128 Gb) dollar bahosida Xitoyda sotuvga chiqarilgan edi.