Xiaomi'ning eng kuchli flagmanida suratga olib ko‘ramiz

Xiaomi'ning eng kuchli flagmanida suratga olib ko‘ramiz

Xiaomi Mi Mix 2S - Xiaomi kompaniyasining ayni kundagi eng kuchli flagmanidir. Uning kamera texnologiyasi chindan ham samarali va ilg‘or.

DxOMark ekspertlarining fikrlariga ko‘ra, smartfon fotosurat olishda 101 ball to‘plagan. Video tasvir olishda esa bir oz past - 88 ball. O‘rtacha to‘plagan bahosi 97 ball. Ya’ni, u suratkashlikda iPhone X hamda Huawei Mate 10 Pro kabi kuchli flagmanlarga teng raqib.

Xiaomi Mi Mix 2S modeli bosh kamerasida 2 ta sensor mavjud:

12 megapikselli Sony IMX363 moduli optik barqarorlashtirish funksiyasiga ega bo‘lgan;

Yana bir 12 megapikselli kamera moduli uchun tanlangan Samsung S5K3M3 sensori teleob’yektiv vazifasini bajaradi va unga 2 karralik yaqinlashtirish funksiyasi joriy qilingan.

Xiaomi Mi Mix 2S flagmanining bosh kamerasidagi "shovqinni" yo‘qotish hamda avtofokusni aniq belgilash algoritmlari DxOMark mutaxassislarini hayratda qoldirgan.

Xiaomi Mi Mix 2S kamerasini foydalanuvchilar shu kunlarda turli sharoitlarda sinab ko‘rishga kirishib ketganlar. Unda olingan suratlar sifati, ranglari hamda detallari bilan tahsinga sazovor. Mi Mix 2 bilan solishtirganda, kamera texnologiyasi ancha ilg‘orlashgan.

Quyidagi suratlar Mi Mix 2S kamerasidagi qo‘sh sensorda olingan. To‘g‘risini aytganda, natijalar biz kutganimizdan ham yaxshi. Ayniqsa, yorug‘lik past sharoitda olingan suratlarda detallarning yaxshi aks etishi diqqatga sazovor.

DxOMark mutaxassislarining guvohlik berishicha, Mi Mix 2S bosh kamerasining ranglarni ifodalay olish hamda avtofokuslash bo‘yicha imkoniyatlari Galaxy S9+ modelidan ham yuqori ekan.

O‘qing: Huawei P20 Pro va iPhone X kameralari "jang qilishdi"

Yorug‘lik past sharoitda surat olishga kelganda aksariyat kuchli flagmanlarning kamerasi ham hayajonlanib qoladi. Biroq Mi Mix 2S past yorug‘likda ham o‘ziga bo‘lgan ishonchni saqlab qola oldi. Suratdagi rangning to‘yingani, shovqinning kamaygani yaqqol seziladi.

Mi Mix 2S bahosi $527 dollarga baholanganini inobatga olsak, uning shu narxdagi boshqa smartfonlar uning qarshisida ip esha olishmaydi.

O‘qing: Kamerafonlar "qiroli" -- Galaxy S9 "taxtni boy berdi"

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!