Xiaomi'ning o‘yin-noutbuki navbatdagi "hit" bo‘ladi

Xiaomi'ning o‘yin-noutbuki navbatdagi

Xitoyning Xiaomi kompaniyasi o‘tayotgan haftada noutbukda o‘yin o‘ynashni xush ko‘ruvchi muxlislari uchun kuchli noutbukini taqdim qildi. Ekspertlar hozirdanoq bu gadjet savdoda "hit"ga aylanishini ma’lum qilishmoqda.

O‘zingiz baho bering

Mi Game Book 15.6 deb nomlangan devaysda ma’lumotni mustaqli ravishda qayta ishlaydigan NVIDIA GeForce GTX 1060 videokartasi, yettinchi avlod Intel Core i7 (4 Ggs) yoki i5 (2.5 Ggs) protsessori, 16 gigabaytli ma’lumot sig‘imiga ega va DDR4 turidagi tezkor xotira o‘rnatilgan.

Noutbukning geymerlar uchun mo‘ljallangan va RGB-rangli yoritish tizimi tatbiq qilingan qulay klaviaturasi navbatdagi katta yangilik bo‘ldi.

Mi Game Book 15.6'dagi 128 yoki 256 gigabaytli doimiy xotira, yana qo‘shimcha 1 terabaytgacha bo‘lgan qo‘shimcha xotira kartasini qo‘llab-quvvatlash bo‘lmachasi esa gadjetda har qancha o‘yin uchun joy topilishini isbot qiladi.

Qayd etish joizki, ekrani oyna kabi yaltiraydigan Mi Notebook Pro modelidan farqli ravishda, Mi Game Book 15.6 devaysning displeyida nurni qaytaradigan qoplama mavjud.

Xiaomi mazkur noutbukni ishlab chiqarishda asosiy e’tiborni protsessorni sovitish tizimiga qaratgan. To‘g‘ri-da, o‘yin o‘ynaganda noutbuklarning eng katta muammosi qizishi bilan bog‘liq.

Shu bois, noutbukda issiqlikning tarqalish maydoni avvalgi modellarnikidan 50 foizga kengaytirildi. Shu bilan birga, issiqlik o‘tkazuvchanlik darajasi 25 foizga oshirildi. Buning uchun noutbuk kullerining parraklari ultra-yupqa metalldan tayyorlandi.

Noutbukdagi HD kamera aniqligi 1 megapiksel va uning uchun raqamli mikrofon ham ajratilgan.

Mi Game Book 15.6 klaviaturasida esa «tornado» deb nomlanuvchi alohida tugmacha joriy qilindi. Bu klavish ventilyatorlarning ishlashini 20 foizga oshiradi va noutbukni tezkor sovitadi.

Mi Game Book 15.6 noutbukidagi platformani sovitishga shu qadar yuqori e’tibor berilgani taqdimotda uzoq gapirilganidan bu gadjetda har qancha o‘yin o‘ynasang ham uning haddan ziyod qizib ketmasligiga ishonging keladi.

Shuningdek, Mi Game Book 15.6 uchun ilg‘or Dolby Panorama Sound audio tizimi joriy qilingan. Bu esa o‘yin o‘ynayotgan foydalanuvchiga yuqori darajali zavq-shavq beradi. Qolaversa, bunday tiniq ovoz diqqatni noutbukdagi sovititsh tizimidagi ovozdan ham chalg‘itib turadi.

Mi Game Book 15.6 displeyi utra-yupqa, uning diagonali 15.6 dyuym hamda piksel sig‘imi FullHD.

Mi Game Book 15.6 devaysi HDMI 2.0 hamda USB-C portlari orqali bir vaqtning o‘zida 2 ta monitorga ulanishga mo‘ljallangan va ularga 4K sig‘imli yetkazib bera oladi.

Mi Game Book 15.6 dizayni o‘ziga xos: orqa panelda birorta ham logotip yo‘q, bosh panelning 81% qismi ekrandan iborat.

Klaviaturada maxsus tizimlarga ulangan bir qator klavishlar mavjud.

Mi Game Book 15.6 korpusining qalinligi 20.9 mm.

O‘lchamlari: 364 x 265.2 mm x 20.9 mm; Vazni: 2.7 kg

Mi Game Book 15.6 WiFi 802.11ac 2×2 (2.4GHz and 5GHz), Bluetooth 4.1 tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatadi. Korpusda 3.5 mm.li audio tuynuk, qo‘sh dinamiklar ham bor.

Narx-navo

Mi Game Book 15.6 13 apreldan boshlab Xitoyda sotiladi. Boshqa o‘yin-noutbuklari bilan solishtirganda, uning bahosi insof doirasida qo‘yilgan.

Narxlar bilan tanishing:

Intel Core i5, 8GB RAM, GTX Ti 1050 GPU, 128GB SSD + 1TB HDD – 955 AQSh dollari;

Intel Core i5, 8GB RAM, GTX Ti 1060 GPU, 128GB SSD + 1TB HDD – 1115 AQSh dollari;

Intel Core i7, 8GB RAM, GTX Ti 1060 GPU, 128GB SSD + 1TB HDD- 1275 AQSh dollari;

Intel Core i7, 16GB RAM, GTX Ti 1060 GPU, 256GB SSD + 1TB HDD – 1433 AQSh dollari.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.