Xiaomi’ning yana bir – Cactus nomli yangi smartfoni Geekbench’da «ko‘rindi»

  •   DiMaX
  •  997
  •  10.05.2018 12:45

Xiaomi’ning yana bir – Cactus nomli yangi smartfoni Geekbench’da «ko‘rindi»

Keyingi paytlarda ketma-ket turli modellarda smartfonlar taqdim etayotgan Xiaomi korporatsiyasining yana bitta mobil qurilma tayyorlayotgani aniqlandi. O‘zi kuni kecha bu smartfonsozning bitta yangi modeldagi telefoni haqida xabar chiqqandi.

O‘QING: Xiaomi Valentino – sirli Snapdragon protsessoriga ega yana bir smartfon benchmarkda «qo‘lga tushdi»

Xiaomi’ning navbatdagi smartfoni Geekbench servisida «Cactus» kodli nomi bilan testdan o‘tkazilgan. Qizig‘i shundaki, xitoylik smartfonsoz o‘zining Cactus modeli uchun MediaTek protsessorini tanlagan.

Geekbench ma’lumotlariga qaraganda, Xiaomi Cactus smartfoni 2 Ggs.lik takt chastotasida ishlovchi to‘rt yadroli MediaTek P40 chipiga tayanadi. U ikki gigabaytlik tezkor xotira bilan, Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Guvohi bo‘lib turganingizdek, MediaTek protsessori bazasidagi smartfon yakka yadroli testda 802 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 2334 ball to‘play olgan.

Aftidan, bu telefonga MIUI 9 proshivkasi o‘rnatilsa kerak, ammo bu hali aniq emas. Texnik xususiyatlari nisbatan pastroq ekanini inobatga olsak, unga «toza» Android tizimi o‘rnatilishi ham mumkin. Shunga yarasha, Xiaomi Cactus smartfoni hamyonbop bo‘lishi va asosan rivojlanayotgan bozorlar, masalan – Hindiston uchun mo‘ljallanishi kutilayotir.

Afsuski, Xiaomi Cactus haqida hozircha shulardan boshqa hech nima ma’lum emas. Ammo «xitoycha Apple»ning bozorga chiqarilgan turli modellardagi ko‘plab smartfonlari va boshqa devayslari o‘zimizda ham sotilmoqda.

O‘QING: O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriluvchi Xiaomi smartfonlari va boshqa gadjetlari narxlari (2018 yil 28 aprel)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!