Xiaomi Redmi 8A'ning Pro versiyasi taqdim qilinadi

Xiaomi Redmi 8A'ning Pro versiyasi taqdim qilinadi

Yaqin kelajakda Xiaomi kompaniyasi Redmi brendi ostida yangi hamyonbop smartfon chiqarishi unchalik ham hayratlanarli xabar emas. Biroq bu smartfonning nomlanishi kishini biroz kutilmagan bo‘ladi. Xiaomi'ning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan RF (radio chastota) sertfikatidan ma’lum bo‘lishicha, qurilma Xiaomi Redmi 8A Pro deb nomlanadi.

Kuni kecha Redmi 8A taqdim qilindi, biroq mijozlar uning Pro talqinini kutishmagan edi. Sababi, odatda, arzon Redmi A seriyasi vakillarining Pro versiyasi bo‘lmaydi, lekin 2019 yilgi "Pro"lashtirishdan hamyonboplar ham qochib qololmaydigan ko‘rinadi.

Redmi 8A

Redmi 8A Pro'ning Redmi 8A'dan qanday farq qilishi hozircha noma’lum. 8A tirqish kamerali 6.22" HD+ LCD displey, Snapdragon 439 protsessori, 2/3GB tezkor xotira, 32GB doimiy xotira, f/1.8 diafragmali 12MP asosiy kamera, 8MP selfi kamera va 5 000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Redmi 8A Android 9 Pie yuzasidagi MIUI 10'da ishlaydi, lekin Redmi 8A Pro MIUI 11'da ishlashi kerak.

O‘QING: Xiaomi 8K formatda sekundiga 30 ta kadrli video oluvchi dunyodagi ilk smartfon ustida ishlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!