Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Redmi Note 11 seriyasi nihoyat xalqaro bozorda ham sotila boshladi. Bu yilgi Redmi Note va Note Pro linyasiga 5G versiyalar ham qo‘shildi. Ularning eng kuchlisi - biz bugun tanishadigan Redmi Note 11 Pro 5G modeli hisoblanadi. 

O‘QING: ZTE nubia Red Magic 7'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Ushbu model o‘tgan yilgi Redmi Note 10 Pro kattaligida bo‘lib, ular bir-biriga o‘xshab ketadi. Yangi Note 11 Pro 5G modeli xuddi o‘tgan yilgi model kabi 120Hz chastotada ishlovchi 6.67 dyuymli Super AMOLED displeyi bilan jihozlangan. Qurilma IP53 standartiga ega. 

Foto: GSMArena 

Note 10 Pro va Note 11 Pro 5G qurilmalarining o‘xshash tomonlari ularning kamerasida ham davom etadi. Misol uchun, yangi modelga 108MP asosiy kamera va 8MP ultrakeng kamera o‘rnatilgan. Biroq negadir eski modeldan farqli o‘laroq sath kamera yangi modeldan olib tashlangan. 

Yangi modelda bir qancha ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganini ham ta’kidlab o‘tish zarur. Misol uchun, qurilma yangi Snapdragon 695 5G chipi bilan jihozlangan. U yuqori unumdorlik hamda 5G imkoniyatini taqdim etadi. Akkumulyator hajmi o‘zgarmagan - 5,000 mAs, biroq quvvatlash tezligi 33 vattdan 67 vattga oshgan. 

Foto: GSMArena

Smartfonda ko‘pchilik yoqtirgan stereo dinamik, 3.5 mm audio jek, microSD uyasi, NFC va infraqizil port mavjud. 

Yuqorida ta’kidlanganganidek, Redmi Note 11 Pro bu yili 4G va 5G versiyalarida taqdim etildi. 5G model Snapdragon 695 chipi, 4G model esa Helio G96 chipi bilan jihozlangan. Helio G96 chipi 12 nanometrlik jarayon asosida yaratilgan, shuning uchun 5G versiyaning quvvat samaradorligi 4G versiyadan ustunroq bo‘lishi mumkin. 

Redmi Note 11 Pro 5G smartfoni Android 11 operatsion tizimiga asoslangan MIUI 13 grafik qobig‘ida ishlaydi. Bu degani garfik qobig‘ning barcha yangi funksiya va imkoniyatlar ushbu smartfonda mavjud.

Xiaomi Redmi Note 11 Pro 5G-ning texnik jihatlari: 

> Korpus: 164.2x76.1x8.1mm, 202g; Old panel shisha (Gorilla Glass 5), Orqa panel shisha; IP53. 

> Displey: 6.67 dyuymli Super AMOLED, 120Hz, HDR10, 1200 nit yorqinlik (maksimal), 1080x2400 piksel rezolyutsiya, 20:9 forma faktori, 395ppi zichlik. 

> Chipset: Qualcomm SM6375 Snapdragon 695 5G (6 nm): Sakkiz yadroli (2x2.2 GHz Kryo 660 Gold & 6x1.7 GHz Kryo 660 Silver); Adreno 619.

> Xotira: 6/64GB, 6/128GB, 8/128GB; UFS 2.2; microSDXC uyasi. 

> OT/Dasturiy ta’minot: Android 11, MIUI 13. 

> Kamera: Asosiy kamera: 108MP, f/1.9, 26mm, 1/1.52“, 0.7µm, PDAF; Ultrakeng kamera: 8MP, f/2.2, 118˚; Makro kamera: 2MP, f/2.4. 

> Selfi kamera: 16MP, f/2.4, (keng). 

> Video yozuv: Asosiy kamera: 1080p@30 kadr/sek; Selfi kamera: 1080p@30 kadr/sek. 

> Akkumulyator: 5000 mAs; 67 vatt quvvatlash texnologiyasi, 100% - 42 daqiqada, Power Delivery 3.0, Quick Charge 3+. 

> Boshqa: Barmoq izi skaneri (yon tomonda); infraqizil port; NFC; 3.5 mm audio jek. 

Redmi Note 11 Pro'ni avvalgi modellar bilan taqqoslak, unda juda katta o‘zgarishlar bo‘lgan deb ayta olmaymiz. Qolgan kompaniyalarning o‘rta toifadagi yangi smartfonlarida ham xuddi shu holat, misol uchun, realme 9 seriyasi. 

Ajablanarli tomoni shundaki, yangi modelda 4K formatda videoga olishning imkoni yo‘q. Bu juda g‘alati holat. Chunki hozirgi kunda asosan 4K formatda videoga olinmoqda, qolaversa, ushbu imkoniyat Redmi Note 10 modellarida bor edi. 

Qadoq tarkibi 

Smartfon oq qutida sotiladi. Uning ichidan smartfon bilan birgalikda 67 vattlik quvvatlash adapteri, USB-C kabeli va silikon g‘ilof chiqadi. 

Foto: GSMArena

O‘QING: iQOO 9 Pro'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!