Xiaomi Redmi Note 5 Pro'da ilk marta suratga olib ko‘rishdi

Xiaomi Redmi Note 5 Pro'da ilk marta suratga olib ko‘rishdi

Kecha Hindistonda taqdim qilingan Redmi Note 5 Pro Xiaomi kompaniyasining navbatdagi qo‘sh sensorli bosh kameraga ega va shu bilan birga, nisbatan hamyonbop modellaridan biri bo‘ldi.

Bugun esa internet tarmog‘ida mazkur mobil aloqa vositasida olingan suratlar e’lon qilindi. Garchi, bu suratlar internetga to‘liq pikselda joylashtirilmagan bo‘lsa ham, bir qarashda taassurotli.

Ayniqsa, smartfon orqa fonni g‘ira-shira qilib suratga olish funksiyasini qoyilmaqom tarzda uddalagan (No Parking Zone belgisi tushirilgan surat).

Suratlarni ko‘zdan kechirib aytish mumkinki, kameraning rang-tasvirni qabul qilish va ifodalash ko‘nikmasi yuqori, suratlar sifatli va rang-tusning muhrlanishi tabiiy. Kameraning yorug‘lik yaxshi sharoitda olgan suratlari, ayniqsa ko‘ngildagidek.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi Redmi Note 5 Pro'dagi bosh kamera modullaridan biri uchun 12 megapikselli va yorug‘lik taqsimlaydigan moslamasi f/2.2 standartli Sony IMX486 sensori, ikkinchisi uchun 5 Mp aniqligidagi (f/2.0) Samsung sensori tanlangan.

Hozircha Sony IMX376 sensori o‘rnatilgan va 20 megapikselli selfi kamerada olingan suratlar e’lon qilinmagan.

Yanada ko‘proq bilishga qiziqqanlar uchun:

Xiaomi Redmi Note 5 Pro'ning o‘ziga xosliklari:

Ekran: 5.99 dyuymli, FHD+ sig‘imli (2160 x 1440 pikselli), IPS matritsali, 2.5D shaklidagi bezak hamda Gorilla Glass himoya shishasi bilan qoplangan. Har bir dyuymdagi piksellar soni -- 403 (ppi) ta!!!

Protsessor: 1.8 Ggs, 64 bitli va 8 yadroli Snapdragon 636; 
Video karta: Adreno 509;
Tezkor xotira: 4 Gb / 6 Gb;
Doimiy xotira: 64 gigabayt va micro SD orqali 128 gigabaytgacha kattalashtirish mumkin;
Operatsion tizim: Android 7.1.2 Nougat'ning MIUI 9 proshivkasi;
Aloqa: WiFi, 3G, LTE w/ VoLTE, Bluetooth 4.2, OTG, GPS, A-GPS, GLONASS, qo‘sh SIM karta (gibrid);
Boshqa jihatlari: barmoq izi skaneri, infra qizil nur;
Korpus ranglari: qora, tilla, pushti tilla, ko‘k;
O‘lchamlari: 158.6 x 75.45 x 8.05 mm;
Vazni: 181 gramm;
Narxi: 218 AQSh dollaridan (4+64 Gb) boshlab, 265 AQSh dollarigacha (6/64 GB).

Xiaomi Redmi Note 5 hamda Xiaomi Redmi Note 5 Pro modellari 22 fevraldan boshlab Hindistonda, so‘ng jahonning boshqa smartfon bozorlarida sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!