Xiaomi va Redmi'ning to‘rtta modeli yangi xususiyatga ega bo‘ladi

Xiaomi va Redmi'ning to‘rtta modeli yangi xususiyatga ega bo‘ladi

Xiaomi o‘z smartfonlarining funksional imkoniyatlarini rivojlantirishda davom etmoqda. Bu safar MIUI bo‘limi to‘rtta smartfon modeli - Redmi K30, Redmi Note 5A, Xiaomi Mi 8 SE va Xiaomi Mi Note 3 uchun yangi xususiyatning taqdim etilishini e’lon qildi.

Ushbu modellardagi yangilanish XiaoAI firma yordamchisiga ovozli buyruq yordamida smartfonni uyqu rejimidan chiqarish funksiyasini qo‘shadi. Yangi funksiya XiaoAI Lab bo‘limidagi sozlamalar orqali faollashtiriladi. Buning uchun, foydalanuvchilar XiaoAI ilovasining 5.4 yangilangan versiyasini o‘rnatishi kerak.

Funksiya ishlashi uchun firma qobig‘ining ma’lum bir versiyasi talab qilinadi. Xiaomi Mi 8 SE uchun MIUI versiyasining 10.3.2.0 va undan yuqori versiyalari, Xiaomi Mi Note 3 uchun 10.4.2.0 va undan yuqori, Redmi K30 va Note 5A uchun 11.0.1.0 va undan yuqori versiyalari to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Xiaomi yana 5 xil smartfonini Android 10 bazasidagi MIUI 11’gacha yangilayapti