Xiaomi yana bir yo‘nalishda jahonda "kuchli o‘nlik"ka kirdi

Xiaomi yana bir yo‘nalishda jahonda

Kuni kecha, 6 aprelda 8 yoshni qarshi olgan Xiaomi kompaniyasi mahsulotlari bugun ko‘p yillik tajriba va faoliyatga ega bo‘lgan brendlar bilan bir safda turibdi. Biz yaxshi bilamizki, kompaniya Xitoy va Hindistonda, Osiyo mintaqasida smartfon sanoatining yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biridiri. All View Cloud marketing tadqiqotlari markazining ma’lum qilishicha, Xiaomi kompaniyasi hozirda Smart TV televizorlarini yetkazib berishda ham jahonning eng peshqadam o‘nta ishlab chiqaruvchilari safiga qo‘shildi.

Bu ishlab chiqaruvchilarni sanab o‘tadigna bo‘lsak, reytingda Samsung, LG, TCL, Hisense, Sony, Philips, Skyworth, Sharp, Panasonic, Xiaomi va boshqalar bor.

Statistik ma’lumotlarda keltirilishicha, Xiaomi ilk smart-televizorini 2013 yilning sentyabrida ishlab chiqargan.

Kompaniyaning televizorlari orasida eng ommalashgani 32 dyuymli Xiaomi TV 4A modeli bo‘lib, u raqiblari bilan teng imkoniyatli bo‘lish barobarida ancha arzon ham. 32 dyuymli versiya $160 dollar narxida sotuvga chiqarilgan.

Mi TV 4A'ning romlari plastik xomashyosidan tayyorlangan. Model 32 dyuymli Full HD (1366×768 pikselli) ekranga ega. Ekran 178° daraja bo‘lgan ostida ham surat namoyish qiladi. Ekrandagi kadr almashinuvi soniyasiga 60 Ggs.ni tashkil qiladi.

Mi TV 4A televizori 1,5 Gs chastota tezligida ishlaydigan 4 yadroli Cortex-A53 protsessori, 1 gigabaytli tezkor hamda 4 gigabaytli doimiy xotiraga ega bo‘lgan. Undagi grafik-tasvirlarni qayta ishlashga ilg‘or Mali-450 MP3 video-kartasi mas’ul.

43 dyuymli Full HD sig‘imli displeyga ega talqin raqiblaridan 2 barobar arzonga, ya’ni $304 dollarga baholangan.

Xiaomi TV 4A modelining bosh o‘ziga xosligi uni ovoz orqali boshqarish funksiyasidir. Bu televizor Xitoy tilini juda yaxshi tushunadi. Bu esa televizorda ovozli boshqaruvni amalga oshirishga yordam beradi.

2018 yilning 9 martida Xiaomi rasman Xitoyda yangi rekord o‘rnatgani, 8 oyda 32 dyuymli Xiaomi TV 4A televizoridan 1 million dona sotilganini e’lon qildi. Shu tarzda Xitoy televizor ishlab chiqarish sanoatida kuchli raqobatchi paydo bo‘ldi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.