Xiaomi yangi smartfon taqdimotiga taklif qilmoqda

Xiaomi yangi smartfon taqdimotiga taklif qilmoqda

Yaqindagina Xiaomi Mi8 modeli taqdim qilingan edi. Peshonasida iPhone X flagmanidagi kabi kesig‘i bo‘lgan mazkur yangi xitoylik har jihatdan ilg‘or smartfon. Agar sizga ana shunday dizayndagi kabi yanada arzon smartfon ma’qul kelsa, Xiaomi dizaynerlari siz uchun yana bir yaxshi sovg‘a tayyorlashmoqda. Bu -- Xiaomi Redmi 6!

Xiaomi Redmi 6 hamyonbop smartfonlar orasida navbatdagi "hit" bo‘lishi hozirdanoq ma’lum qilinmoqda. Ekran ustidagi «qosh-ko‘zi» bilan o‘ziga xos devaysning taqdimoti kuni aniq bo‘ldi.

Kompaniya ayni paytda hamkorlarini 12 iyunda bo‘lib o‘tadigan Xiaomi Redmi 6 modeli taqdimotiga taklif qilmoqda. Ehtimol, mazkur model bilan birga, Redmi 6A hamda Redmi 6 Pro/Plus modellarini ham taqdim qilishni rejalashtirgan.

Xitoydagi kommunikatsiya vositalarini ro‘yxatga oluvchi TENAA davlat tashkilotidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Xiaomi Redmi 6 modeli uchun 5,84 dyuymli displey tayyorlangan. Uning piksellar sig‘imi yuqori -- 2280x1080 ta belgiga teng. Shu bilan birga, ekranning tomonlar nisbati bugungi zamon ruhida -- 19:9 o‘lchamli.

Xiaomi Redmi 6 hamyonbop smartfon sakkiz yadroli, chastota intervali 2,0 GGs (balkim Snapdragon 625) bo‘lgan chipset o‘rnatilgan. Smartfon uch xil modifikatsiyada sotuvga chiqariladi: 2/16 Gb, 3/32 Gb hamda 4/64 Gb. Doimiy xotirani microSD bo‘lmachasi orqali kattalashtirish mumkin, biroq buning uchun ikkinchi SIM-kartaga mo‘ljallangan bo‘lmachadan voz kechish kerak bo‘ladi.

Xiaomi Redmi 6 modelining kuch-quvvati uchun undagi tok sig‘imi 3900 mA soat bo‘lgan akkumulyator mas’ul bo‘lgan. Smartfondagi old kamera 5 megapikselli, bosh kamera esa qo‘sh sensorli bo‘ladi. Bosh kameraning  Redmi Note 5 Pro darajasida surat olishi aytilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, orqa panel metalldan tayyorlanadi, korpusning ustki va quyi qismlari esa plastik uloqlardan iborat bo‘ladi.

Redmi 6 Pro modeli esa orqa paneldagi barmoq izi skaneri bilan farqlanib turadi. Shu bilan birga, mazkur modelda maishiy elektronika vositalarini boshqarish uchun infra-qizil uzatkich, yangi Wi-Fi 802.11 a/b/g/n (2.4 + 5 GGs) hamda Bluetooth 5.0 modullari mavjud. Qolaversa, yuoqri talqin akkumulyatorining elektr toki sig‘imi 4000 mA·soat.

Smartfon o‘lchamlari: 149,33 × 71,68 × 8,75 mm, vazni esa 178 gramm.

Smartfon 9 rangdagi korpusda ishlab chiqariladi — qora, «och pushti», tilla, oq, ko‘k, qizil, pushti, kul rang hamda kumush rang.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!