Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Xiaomi'ga koronavirusning ham kuchi yetmadi!

Redmi K30 flagman lineykasi dekabr oyida taqdim qilingan edi va oradan ko‘p vaqt o‘tmay ushbu smartfonlar jami 1 million donadan ortiq sotildi.

Kompaniyaning Weibo ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali xabar berishicha, K30 va K30 5G qurilmalari savdosi umumiy hisobda bir million dona smartfondan oshgan.

Ajablanarlisi shundaki, COVID-19 epidemiyasi sabab bozordagi savdolar keskin susayganiga qaramasdan, Redmi ushbu natijaga erisha olgan.Redmi K30 va Redmi K30 5G smartfonlari 10-dekabr kuni rasman taqdim qilingandi. Qurilmalarning har ikkisiga ham 120Hz yangilanish chastotaga ega displey va 64 MPlik to‘rt kamerali modul o‘rnatilgan. 

Snapdragon 730G chipida ishlovchi Redmi K30'ning savdolari taqdimotdan keyinoq boshlangan bo‘lsa, Snapdragon 765G'li 5G variant deyarli bir oydan so‘ng, ya’ni 7-yanvardan do‘konlarda paydo bo‘lgandi.

Ayni damda, 6/64GB xotirali Redmi K30 narxi 230 dollardan, 5G muqobilining narxi esa 285 dollardan boshlanadi.

O‘QING: Hali chiqmagan ikki hamyonbop – Redmi Note 9 Pro va Realme 6 Pro flagmanlarining ilk jangi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!