Xitoy aholisining yarmi internetga mobil qurilma orqali kiradi

Xitoy aholisining yarmi internetga mobil qurilma orqali kiradi

Yaqinda Xitoyning internet tarmog‘ini nazorat qilish bo‘yicha tashkiloti bergan statistikada mamlakatdagi aholining yarmi global tarmoqqa mobil qurilma orqali kirishi ma’lum qilingan.

2016 yilning dekabr oyi holatiga ko‘ra, Xitoyda jami 731 mln internet foydalanuvchilari qayd etilgan. Bu mamlakatda yashovchi aholining 53,2 foizini tashkil etib, qiyosan deyarli butun Yevropa aholisi (773 mln) bilan teng, deb yozmoqda TechCrunch sayti. Eng qizig‘i, shundan 95% foiz aholi vakillari internetdan mobil qurilma orqali ham foydalanadilar. Bundan shunday qilish mumkinki, birinchi marotaba Xitoyda aholining yarmi internetga smartfon/planshet orqali kirishni boshlagan.

O‘tgan yilda Xitoyda jami 42,99 mln yangi internet foydalanuvchilari paydo bo‘lgan va vebning umumiy o‘sishi 6,2 foizni tashkil etgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!