Xitoy IT-giganti Galaxy S7 edge’ga raqib tayyorlamoqda

Xitoy IT-giganti Galaxy S7 edge’ga raqib tayyorlamoqda

Xiaomi Today insayderining internet resursida Xiaomi kompaniyasining hali taqdim etilmagan smartfonining suratlari nashr etildi. Ahamiyatli jihati, bu smartfon Samsung Galaxy S7 edge, S6 edge va edge Plus, Note 7 gadjetlariniki kabi, ikki yonga qayrilgan ekranlarga ega.

Yangi flagmanmi?
Insayderning tasdiqlashicha, bu Mi Edge yoki Mi Edge Note nomi ostida yaqin kunlarda namoyish etiladigan qurilma. Bir muddat avval Xiaomi’ning qayrilma ekranli mobil aloqa vositasini ishlab chiqarishi to‘g‘risida xabarlar tarqatilgan edi. Katta ehtimol bilan aytish mumkinki, bu o‘sha smartfon.

Suratdan ko‘rinib turibdiki, uning ekranida 2.5D‑shaklidagi bezak va himoya shishasi emas, bukig shakldagi ekran matritsasiga yotqizilgan shisha. Shuningdek, suratdan ushbu smartfonning barmoq izlari skaneriga ega bo‘lishini ham bilish mumkin.

Xalqaro axborot texnologiyalari nashrlari bir muddat avval xabar qilinganidek, “Xitoycha Olma” deb nom olgan Xiaomi 5,7 dyuym, barmoq zarbini anglash orqali faoliyatga kirishadigan ekranli flagman ishlab chiqarmoqda. Ushbu qurilma Qualcomm Snapdragon 821 protsessoriga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, 6 GB operativ xotira, 128 GB doimiy ichki xotira, 4000 mA soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlanishi aytilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, smartfon avgust o‘rtalarida taqdim etilib, sentyabrdan sotuvga chiqariladi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!