Xitoy kompaniyasi: iPhone 7 ishlatadigan barcha xodimlar ishdan bo‘shatiladi

Xitoy kompaniyasi: iPhone 7 ishlatadigan barcha xodimlar ishdan bo‘shatiladi

Digitaltrend resursi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoyning Xenan provinsiyasida joylashgan tibbiy uskuna va asboblar ishlab chiqaradigan yirik Nanyang Yongkang Medicine kompaniyasi Apple iPhone 7 / iPhone 7 Plus ishlatadigan xodimlarini ishdan bo‘shatishi to‘g‘risida xabar bergan. Ushbu qoidaga amalga qilishdan bosh tortgan xodimlarga kompaniya ishdan bo‘shashni tavsiya qilgan.

Nanyang Yongkang Medicine rahbari o‘z xodimlarining bunday qimmatbaho gadjetlarga mablag‘ sarflashini istamaydi. Aksincha, xodimlarga o‘z vaqtlari va mablag‘larini oilalari bilan baham ko‘rishga targ‘ib qiladi. Mazkur kompaniyada ishlaydigan xodimlardan biri o‘zining 3 oylik maoshini iPhone 7 modelini xarid qilishga sarf etganidan keyin rahbariyat tomonidan mana shunday qaror chiqarilgan. Qimmatbaho gadjetlar o‘rniga kompaniya rahbariyati xodimlariga hamyonbop Xitoy smartfonlaridan foydalanishni maslahat bergan.

Ma’lumot uchun Apple iPhone 7 Xitoyda 800 AQSh dollar, iPhone 7 Plus esa 960 dollar atrofida sotilmoqda.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!