Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari OLED displey bilan ta’minlaydigan alyans tuzadi

Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari OLED displey bilan ta’minlaydigan alyans tuzadi

Xitoyning Huawei, Oppo va Vivo brendlariga egalik qiladigan BBK Communication Equipment va elastik panellarni tayyorlashga ixtisoslashgan Royole kompaniyalari yangi alyansga asos solishdi, deb xabar bermoqda IXBT sayti.

Ushbu alyans a’zolari kelgusi yilda OLED displeylarni yaratish va ishlab chiqarish uchun sarmoya ajratishga qaror qilganlar. Shu orqali mazkur brendlar o‘zlarini yetarli miqdorda OLED panellar bilan ta’minlashni rejalashtirganlar.

2017 yilda BBK Communication Equipment yana bir brendni yaratish maqsadida. Shuning uchun bunday matritsali panellarga bo‘lgan talab yanada ortishi kutilmoqda. OLED displeylar ishlab chiqarish bilan BBK korporatsiyasining maxsus bo‘limi hisoblangan MGV kompaniyasi shug‘ullanadi. Birlamchi hisoblarga ko‘ra, MGV bir oyga 60000 ta OLED displey tayyorlashi mumkin ekan. Royole esa oyiga 45000 ta ana shunday panel ishlab chiqaradigan fabrika ochishni rejalashtirgan.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!