Xitoyda 3 kunda bu smartfondan 8000 dona sotildi!

Xitoyda 3 kunda bu smartfondan 8000 dona sotildi!

Xitoyning Oppo brendi mart oyida old kamerasi qo‘sh-modulli bo‘lgan F3 Plus smartfon modelini taqdim qilgan edi. OPPO’ning yangi 6 dyuymli F3 Plus flagmani kutilgani kabi, Xitoyda katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda. “SelfieExpert” laqabini olgan smartfon 3 kun ichida 8,000 dona sotilgan.

Flagman Android 6.0 Marshmallow tizimining o‘zlashtirilgan Color OS 3.0 talqini boshqaruvida ishlaydi.

F3 Plus maxsus tadbirlarda guruh-guruh bo‘lib suratga tushish uchun tayyorlangan o‘ziga xos smartfon. Gadjetning bosh kamerasi uchun 16 MP sig‘imli Sony IMX398 sensori o‘rnatilgan. Selfi-kamera esa qo‘sh — f/2.0 diafragmali 16 va 120 burchak ostida suratga oluvchi 8 MP sensorlarga ega. Selfi kamera 8 megapikselli va u 6 ta optik elementlardan iborat. Ekran yorug‘ligi selfi tushganda yorug‘lik manbai vazifasini bajaradi.

Smartfon 6 dyuymli FullHD (1920 x 1080 pikselli, matritsa turi:IPS), 2.5D effektiga ega bukik va Gorilla Glass 5 himoya shishasi bilan qoplangan ekranga ega. F3 Plus’ning akkumuyaltor sig‘imi 4,000 mA soat.

Uning 8 yadroli Snapdragon 653 protsessori 1.95 Ggs chastota tezligida ishlaydi. Flagmanga Adreno 510 video-kartasi o‘rnatilgan. F3 Plus 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotira, shuningdek 256 GB sig‘imgacha bo‘lgan fleshkalarni qo‘llab-quvvatlaydigan micro SD bo‘lmachasi bilan ta’minlangan.

2 ta sim-kartali (gibrid, ya’ni bittasiga yoki sim-karta yoki fleshka qo‘yish mumkin) OPPO F3 Plus aloqaning WiFi, 3/4G, LTE, Bluetooth 4.1, OTG , GPS, A-GPS tarmoqlarida ishlaydi. Unda barmoq izlari skaneri, akselerometr, yorug‘lik sensori, giroskop va boshqa zamonaviy datchiklar o‘rnatilgan. O‘lchamlari: 163.63 x 80.8 x 7.35 mm., vazni 185 gramm.

OPPO F3 Plus 485 AQSh dollaridan sotuvga chiqarilgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!