Xitoyda iPhone 8’da kutilayotgan virtual skanerli smartfon ishlab chiqarildi

Xitoyda iPhone 8’da kutilayotgan virtual skanerli smartfon ishlab chiqarildi

Displeyda joylashtirilgan virtual skaner kuzda taqdim qilinishi kutilayotgan iPhone 8’ning muhim innovatsiyalaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Kompaniya old panelni tugmali shaxsni aniqlash tizimidan xalos qilish uchun ham bu texnologiyani rivojlantirmoqda.

Ammo, amerikalik smartfon ishlab chiqaruvchisidan avval xitoylik Vivo kompaniyasi o‘zining modeli hozircha noma’lum bo‘lgan smartfonida displeyga o‘rnatilgan virtual barmoq izlari skanerining qanday ishlashini ko‘rsatib berdi.

Quyidagi videoda foydalanuvchi smartfonning ekranida ko‘rinib turgan virtual formatdagi barmoq izi skaneriga barmog‘ini bosadi va bir necha soniyalarda smartfon tizimi ochiladi.

Vivo hozircha bu texnologiya va uning qaysi smartfonga joriy qilingani xususida biror fikr bildirmagan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.