Xitoyda qo‘sh selfi-kamerali 360 N5S taqdim qilindi

Xitoyda qo‘sh selfi-kamerali 360 N5S taqdim qilindi

Xitoyning 360 Mobile kompaniyasi 360 N5S nomli smartfonni taqdim qildi. Avvalgi — 360 N5 smartfonidan $15 dollarga qimmatlashgan bo‘lsa ham, yangi devays qator ilg‘or jihatlarga ega bo‘lgan.

Smartfon dizayni shisha va metall uyg‘unligiga asoslangan, ya’ni 360 N5S’ning 2.5D effektiga ega old va orqa shisha panellari metall sinch bilan biriktirilgan. Tashqi ko‘rinishidan ko‘pchilikka Honor 8’ni eslatsa ham ajab emas. Gadjetga 5,5 dyuymli FullHD displey o‘rnatilgan bo‘lib, undagi SRGB rangli gammasining qamrovi 100 %ga teng.

Ichki platforma samaradorligi uchun 2016 yilning o‘rta darajali ilg‘or Snapdragon 653 protsessori va Adreno 510 videokartasi mas’ul. Devaysga 6 gigabaytli tezkor va 64 gigabaytli doimiy xotira, 128 Gb.gacha kengaytirish mumkin bo‘lgan microSD xotira bo‘lmachasi, sig‘imi 3730 mA soat bo‘lgan va Quick Charge 3.0 tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega akkumulyator o‘rnatilgan.

Bosh kamera sig‘imi 13 MP, unga Samsung’ning f/2.0 aperturali sensori tanlangan.

360 N5S’ning o‘ziga xosligi — 2 ta old kameralari. Old paneldagi asosiy kamera 13 megapikselli va fazali avtofokus tizimiga ega, qo‘shimcha kamera sig‘imi esa 2 MP.

Mobil aloqa vositasi Android 7.1.1’ning kompaniya o‘zlashtirgan 360 OS 2.0 talqinida ishlaydi. 360 N5s 2 iyundan boshlab qora va ko‘k rangli talqinlarda $247 dollardan sotuvga chiqariladi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!