Xitoyda romsiz “kuchli” smartfon namoyish qilindi 

Xitoyda romsiz “kuchli” smartfon namoyish qilindi 

Xitoyning Elephone kompaniyasi hoshiya romiga ega bo‘lmagan, ya’ni “EDGE” turkumiga kiruvchi yuqori ichki imkoniyatlarga ega Elephone P9000 EDGE smartfonini namoyish qildi.

Elephone P9000 EDGE sohil ekranli smartfon 6 GB tezkor xotiraga, ikki bosh kameralarga, yuqori sifatli ovoz kuchaytirgichlarga ega. Ekspertlarning aytishicha, audio tizimning sifati  Samsung S7 edge va iPhone 6S vositalarinikidan qolishmaydi.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, smartfonning ekran diagonali 5,7 dyuym bo‘lib, uning piksel sig‘imi 2K texnologiyasiga ega, ya’ni ekran gorizontal holatda 2000 pikselni sig‘dira oladi. Gadjet korpusi metall xomashyosidan ishlab chiqarilgan.

Ma’lum qilinishicha, gadjet ikki talqinda, jumladan 6 GB tezkor hamda 128 GB doimiy ichki xotirali va 4 GB tezkor hamda 32 GB doimiy ichki xotirali talqinlarda ishlab chiqariladi.

Elephone P9000 EDGE mobil aloqa vositasida tatbiq qilingan kameralar ham innovatsion ekanligini qayd etilmoqda. Ularda fokus tizimi, keng spektrli effektlarning mavjudligi to‘g‘risida xabar qilinmoqda.

Shu bilan birga, smartfonning narxi ham insof doirasida, ya’ni 250 AQSh dollarini tashkil etishi ham aytilmoqda.

HK Elephone Communication Tech Co. kompaniyasi Xitoyda 2006 yildan boshlab telekommunikatsiya sohasida xizmat ko‘ratib keladi. Kompaniya har yili 6 million dona elektron qurilmalarni bozorga chiqaradi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!