Xitoyda smartfonga tikilgan tomoshabin zamonaviy usulda ogohlantirilmoqda

Xitoyda smartfonga tikilgan tomoshabin zamonaviy usulda ogohlantirilmoqda

Yillar mobaynida auditoriyaning diqqatini taqdimotga qaratish maqsadida ishlatib kelinayotgan lazer nuridan Xitoy teatrlarida yangicha maqsadda foydalanilmoqda.

Endi uning yordamida namoyish vaqtida qo‘l telefoni yoki boshqa qurilmalardan foydalanib, yon-atrofdagi tomoshabinlarga xalaqit qilayotgan, diqqati bo‘lingan “tartibbuzar” tomoshabinga tanbeh berilmoqda.

Mabodo Xitoyga borganingizda teatrga tushsangiz va namoyish jarayonida smartfoningizdan bosh ko‘tara olmay qolsangiz, bilet tekshiruvchi sizning yelkangizda kichkina infraqizil nurli nuqtachani yo‘naltiradi va sizga diqqatingizni ijro etilayotgan spektakl yoki namoyishga qaratishingiz zarurligini ta’kidlaydi.

Lazer nuri yordamida mijozlarni tartibga chaqirish an’anasi ko‘pchilik, jumladan Shanxay Grand teatri, Pekindagi milliy san’at namoyish markazi kabi nufuzli Xitoy teatrlarida tatbiq qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, smarfton sanoati va bozori jadal rivojlanayotgan Xitoyda 2015 yilning noyabr oyida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1 mlrd. 300 million nafar mobil aloqa foydalanuvchilari istiqomat qilar ekan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!