Xitoylik iPhone 7 foydalanuvchilari aloqa sifatidan shikoyat qilishmoqda

Xitoylik iPhone 7 foydalanuvchilari aloqa sifatidan shikoyat qilishmoqda

Bloomberg nashrining xabar berishicha, Xitoydagi yuzlab iPhone 7 foydalanuvchilari smartfondagi aloqa muammosidan shikoyat qilishgan. So‘nggi modeldagi “olma” kutish rejimida qo‘ng‘iroqlarni qabul qilmayapti, Apple qo‘llab-quvvatlash markazi esa foydalanuvchilarga hech qanday yordam ko‘rsata olmayapti. Smartfon ishidan qoniqmagan foydalanuvchilar Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida birlashmoqdalar, misol uchun, QQ nomli mahalliy messenjerda shu muammo doirasida yaratilgan guruhga 2 hafta ichida 1600 ta iste’molchi qo‘shilgan.

Guruhdagi foydalanuvchilardan birining ta’kidlashicha, hatto Apple tomonidan almashtirib berilgan yangi iPhone 7’da ham qo‘ng‘iroqlar bilan aloqador muammo bartaraf etilmagan.

Weibo mikroblogida foydalanuvchilar bunday vaziyatda qurilmada 4G standartini o‘chirib, faqat 3G tarmog‘idan foydalanishni maslahat berishmoqda. Hozircha Apple vakillari ushbu holat bo‘yicha biror izoh bermagan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!