Xitoylik o‘qituvchi ma’ruzaning samaradorligini yuz teglari yordamida aniqlayapti

Xitoylik o‘qituvchi ma’ruzaning samaradorligini yuz teglari yordamida aniqlayapti

Ba’zi darslarda uxlab qolay deysiz, to‘g‘rimi? Ammo buni o‘qituvchiga bildirmaslikka harakat qilasiz.

Xitoydagi universitetlardan birida ishlaydigan o‘qituvchi o‘z darsining samaradorligini o‘quvchilar yuz teglari yordamida aniqlash texnologiyasini yaratdi. Bu haqda telegraph.co.uk nashri xabar bermoqda.

Vei Si Yan tomonidan yaratilgan “feys rider” (yuz ishoralarini aniqlash) qurilmasi auditoriyadagi talabalarning yuzidagi ishoralarga qarab ularning hissiy holatini tekshiradi va shu orqali darsning samaradorligini belgilaydi. Oddiyroq qilib tushuntirsak, o‘qituvchi feys-rider ekraniga qarab ma’ruzaga talabalar qay darajada qiziqayotganini bilib oladi. Agar domla talabalar yuzida zerikish alomatlarini kuzatsa, ma’ruzani yanada qiziqarli etish uchun qo‘shimcha vositalardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Xitoylik o‘qituvchi ushbu texnologiya talabalarga mos o‘quv materiallarini tanlashda ham yordam berishini ta’kidlab o‘tgan.

bb_wei_facial_reading_tool_2-large_trans++31-nfT0w9qdqglWu63XGbRkfFIIk_r_QYnMdlMBf_8U

Sichuan universitetida ta’lim beradigan Vei Si Yan bunday feys-rider texnologiyasini bundan taxminan 5 yil avval talabalar davomatini kuzatish maqsadida yo‘lga qo‘ygan edi.

Shuningdek, xuddi shunga o‘xshash yuzni tanish texnologiyasi Xitoydagi bankomatlarga xavfsizlikni oshirish maqsadida o‘rnatilgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!