Xitoyning “displey malikasi” dunyoning eng mehnatkash milliarderiga aylandi

Xitoyning “displey malikasi” dunyoning eng mehnatkash milliarderiga aylandi

 

Forbes jurnali an’anaviy ravishda “Dunyoning eng boy kishilari ro‘yxati”ni e’lon qildi. Unda Xitoy 25 nafar milliarderlari bilan  AQShdan keyin dunyoning eng ko‘p milliarderlari istiqomat qiladigan davlatga aylandi.

Xususan, Apple va Samsung kompaniyalariga sensorli ekran yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi Lens Technology kompaniyasining asoschisi Chjou Syunfey xonim ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan.

U jahon miqyosida o‘z mehnati bilan davlat to‘plagan eng boy ayol deb e’tirof etildi. Xitoylik boy xonim 5.9 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag‘i bilan dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatida 205 o‘rinni egallab turibdi.

Chjou xonim Markaziy Xitoyning Hunan qishlog‘ida ulg‘aygan va oilasiga yordam berish maqsadida, 15 yoshida Shenchjen shahriga ko‘chib, soat uchun linzalar ishlab chiqaradigan fabrikaga ishga kiradi.

Qattiq mehnat va harakati tufayli 3 ming AQSh dollari mablag‘ to‘plab, 1993 yil 23 yoshida o‘zining oliy navli shisha mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Ayni kunda Chjou Syunfeyning kompaniyasida 75 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi. Uni xitoyliklar hurmat bilan “displey malikasi” deb ham atashadi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!