Xitoyning kuchli, nisbatan arzon flagmanlari

Xitoyning kuchli, nisbatan arzon flagmanlari

Xitoy smartfon ishlab chiqaruvchilari hamyonbop va eng yaxshi jihatlarga ega smartfonlar bilan bellasha oladigan mobil aloqa qurilmalari ishlab chiqarish hadisini olishdi. Agar sizga hamyonbop va nisbatan sifatli va samarali smartfon kerak bo‘lsa, xitoylik ishonchli brendlarning quyidagi smartfon modellaridan ikkilanmasdan xarid qiling.

Xiaomi Mi5s

Xiaomi kompaniyasining bu Mi5s flagmani — eng sifatli ishlaydigan, 2016 yilning kuchli protsessoriga ega, qiziqarli jihatlarga boy smartfon.

Metall korpusli apparat 5,15 dyuymli IPS Full HD-displey,  Qualcomm Snapdragon 821 flagman protsessori, 4 GB operativ xotira va 2016 yilning eng ilg‘or 12 megapikselli Sony IMX378 moduliga ega kamera, barmoq izlari skaneri, sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan batareya bilan ta’minlangan.

Xiaomi’ning yangi flagmani — Mi 6 ham sotuvga chiqdi. Biroq, u Mi5s smartfoniga qaraganda sezilarli darajada qimmat.  Xiaomi Mi5s har qanday injiq foydalanuvchining talablariga javob beradi. Narxi esa, uning imkoniyatlariga ega smartfonlardan ancha arzon!

2017 yilnig 29 aprel holatida “Malika” savdo majmuasida Xiaomi Mi5s smartfoni (32 GB)           2,550,000 so‘mdan sotilmoqda.

Meizu Pro 6

Meizu Pro 6 — xitoylik yana bir taniqli ishlab chiqaruvchining eng kuchli flagmanlaridan. Bu smartfon 10 yadroli Mediatek Helio X25 protsessorida ishlaydi. Gadjetga 4 gigabaytli tezkor xotira va 32 yoki 64 Gb doimiy ichki xotira tanlangan. Unda qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha mavjud emas.

Pro 6’ning o‘ziga xos “imzosi” platforma samaradorligi emas, musiqiy imkoniyatlari: Cirrus Logic CS43L36 audio-chipi ovozning Hi-Fi darajasida jarang sochishini ta’minlaydi. Shu bilan birga, smartfon 5,2 dyuymli yorqin Super AMOLED-displey, 21 megapikselli bosh kamera, tezkor quvvat oladigan 2560 mA soat sig‘imli akkumulyator bilan ta’minlangan.

Devays 410 AQSh dollaridan sotilmoqda.

OnePus 3T

OnePlus 3T — hayratlanarli darajada o‘ziga xos flagman: shu kunga qadar u samaradorlik bo‘yicha imtihonlarda yetakchi androidlardan biri bo‘lgan. Bunda esa unga o‘rnatilgan Qualcomm Snapdragon 821 protsessori hamda 6 GB tezkor xotiraning o‘rni beqiyos.

Uning qolgan jihatlari ham flagmanlarga xos — 5,5 dyuymli  AMOLED-displey, 64 yoki 128 GB doimiy xotira, bir kun mobaynida faol ishlatish mumkin bo‘lgan 3400 mA soat sig‘imli akkumulyator, 16 megapikselli sifatli bosh kamera hamda xuddi shunday yaxshi old kamera. Qolaversa, shunday yaxshi jihatlari bilan birga, OnePlus 3T $439 dollardan sotilmoqda. Qimmatbaho geleksi va ayfonlar bilan solishtirganda — bu deyarli ularning yarim bahosi degani.

Honor 8 Pro

Honor 8 Pro flagmani ulkan — 5,7 dyuymli juda yuqori sig‘imli — 2560x1440 pikselli hamda o‘ta yupqa dizayndagi ekran bilan ta’min qilingan. To‘liq metall korpusli gadjetda firmaning 8 zlhjkb ilg‘or Kirin 960 chipseti o‘rnatilgan. Shuningdek, grafik-tasvirni qayta ishlash Mali G-71 video-kartasi zimmasiga yuklatilgan.

«Operativka» — ayni paytda ommalashayotgan 6 gigabaytli, doimiy xotira esa — 64 GB. Fotosuratlarni olishda  2 ta sensorli 12 megapikselli bosh kamera tanlangan. Bu kamera orqa fonni xiralashtirib suratga olish funksiyasiga ega.

Ishlab chiqaruvchi gadjetni infra-qizil porti bilan ham siylagan. Bu unga uydagi maishiy texnika vositalarini boyitish imkonini beradi.

Korpusda USB-C porti ham mavjud. Smartfon Android 7.0 Nougat’ning o‘zlashtirilgan EMUI 5.1 talqinida faoliyat ko‘rsatadi. Bu esa Honor 8 Pro’ning katta ekranida ko‘p oynali funksiyada ham bemalol ishlash imkonini beradi.

Honor 8 Pro xalqaro bozorda 600 dollardan sotilmoqda.

LeEco Le Max 2

Xitoylik yana bir ishlab chiqaruvchining uncha qimmat bo‘lmagan fableti ekranining diagonali — 5,7 dyuym. Uning akkumulyator sig‘imi — 3100 mA soat. Flagman uchun 16 megapikselli kamera, 6 GB «operativka» va 64 GB sig‘imli doimiy xotira tanlangan.

LeEco Le2 smartfoni 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida ishlaydi. Bu chindan ham, samarali ishlaydigan chiplardan biri. U maksimal darajada grafikaga boy o‘yinlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

LeEco Le Max 2 bozorda 200 AQSh dollaridan sotilmoqda.

ZTE Nubia Z11

ZTE Nubia Z11 flagmanining jihatlari taassurotli: Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 GB «operativka», 64 GB doimiy xotira, juda yupqa romli 5,5 dyuymli Full HD displey.

Bosh kamera — 16 megapikselli, akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat. Musiq tinglashni xush ko‘ruvchilar uchun smartfon chinakam sovg‘alarni tuhfa etadi —  unda kuchli — Dolby Surround 7.1 va Hi-Fi+ texnologiyasiga ega AKM4376 audiochipi mavjud. Ishlab chiqaruvchi qimmatbaho audiopleyerlarning sifatli ovozini va’da qilgan.

Smartfon 500 AQSh dollaridan sotilmoqda.

Zuk Z2

Zuk Z2 smartfoni ilg‘or Qualcomm Snapdragon 820 protsessorida ishlaydigan eng arzon smartfon sanaladi. 2.15 Ggs chastota tezligida ishlaydigan bu protsessor 2016 yilning ko‘plab yaxshi flagmanlarida o‘rnatilgan. Shuningdek, Z2 devaysida butun boshli 4 gigabaytli tezkor xotira va 64 GB doimiy ichki xotira mavjud.

Aqlli mobil qurilma korpusi ixcham  — displey diagonali 5 dyuymli. U shisha xomashyosidan tayyorlangan. 13 megapikselli bosh kamera yaxshi surat oladi. Old kamera uchun 8 Mp selfi-kamera tanlangan. Akkumulyator sig‘imi — 3500 mA soat. Bu unga bir kunlik faol ishlashi uchun kifoya qiladi. Gadjet $273 dollardan sotilmoqda.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!