Xitoylik kompaniya o‘z smartfonlaridan "Pro" so‘zini olib tashlaydi

Xitoylik kompaniya o‘z smartfonlaridan

Ishonchli insayderlarning ma’lumotiga ko‘ra, OnePlus yangi flagman smartfonlaridan “Pro“ so‘zini olib tashlaydi. Demak, kompaniyaning yangi flagmani OnePlus 11 deb nomlanadi. 

Agar ma’lumot to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, OnePlus o‘zining flagman seriyasini yaxlitlash variantini ko‘rib chiqmoqda deb taxmin qilish mumkin. Asosiy flagmanlar yilning birinchi yarmida taqdim etiladi. Yilning ikkinchi yarmida esa OnePlus T modeli e’lon qilinadi.  

So‘nggi ikki yildagi tendensiya kompaniyalarning kattaroq foydalanuvchilar bazasini jalb qilish uchun kamida bir nechta flagman variantlarini taqdim etishini talab qilsa-da, OnePlus bu borada orqaga qadam tashlayotganga o‘xshaydi. Bu unchalik yomon fikr emas, chunki OnePlus 8 seriyasidan beri oddiy modellar deyarli e’tibordan chetda qoldi. Ular asosan Pro modellarning savdosini oshirish uchun mavjuddek tuyuladi.

O‘QING: Samsung'ning ushbu byudjet smartfoni Android 13 bilan qutidan chiqadigan ilk Galaxy bo‘ladi