Xitoylik yirik smartfonsoz faoliyatini yakunlamoqda, Huawei navbatda turibdi

Xitoylik yirik smartfonsoz faoliyatini yakunlamoqda, Huawei navbatda turibdi

Jahonning yetakchi telekommunikatsiya ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan ZTE kompaniyasi kuni kecha faoliyatini yakunlayotganini e’lon qildi. Jumladan, ishlab chiqarishni ham. Kompaniya ayni paytda smartfon savdosiga ham chek qo‘ygan. Bu to‘g‘rida nufuzli Fortune nashri ma’lum qilmoqda.

Buning bosh sababi AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati AQSh ning texnologiya ishlab chiqaruvchi kompaniyalariga 7 yil mobaynida ZTE'ga mahsulot sotishni taqiqlab qo‘ydi. Jahonning muvaffaqiyatli axborot texnologiyalari ishlab chiqaruvchilaridan biri bo‘lgan ZTE o‘zaro kelishuvlarni buzgani uchun jazolangan. Jumladan, 2017 yilda ZTE Amerika Qo‘shma Shtatlarida ishlab chiqarilgan mahsulot va texnologiyalarni noqonuniy ravishda Eronga yetkazib bergan.

Huawei kompaniyasidan so‘ng Xitoyda ikkinchi o‘rinda turgan yirik telekommunikatsiya kompaniyasi asosan Amerika texnologiyalaridan foydalanadi. Jumladan, 5G aloqa tarmoqlarini joriy qilishdan tortib, Android-smartfonlar ishlab chiqarishgacha barcha texnologiyalar amerikalik kompaniyalarga tegishli.

ZTE kompaniyasining "o‘limi" Ericsson hamda Nokia kabi mobil aloqa operatorlari uchun uskunalar yetkazib beruvchi kompaniyalar uchun ayni muddao. Shunday bo‘lsa ham, kompaniyaning arzon smartfonlari yaxshi sotilmoqda.

Huawei kompaniyasi ham hozircha Tramp ma’muriyati bilan kelisha olayotgani yo‘q. Bu kompaniyaning amerikalik IT ishlab chiqaruvchilariga tegishli bo‘lgan texnologiyalardan noqonuniy foydalanib kelayotgani aytilmoqda. Huawei ham ishlab chiqarishda Amerikaning texnologiyalaridan faol foydalanadi. Forbes tahlilchilariga ko‘ra, Huawei kompaniyasiga ham shunday taqiq qo‘yiladigan bo‘lsa, uning ahvoli tang bo‘ladi.

Counterpoint Research marketing tadqiqotlari kompaniyasiga ko‘ra, ZTE jahon smartfon bozorining 10 foizlik ulushiga egalik qiladi. Uning faoliyati tugatiladigan bo‘lsa, HMD (Nokia brendi ostida smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniya), Lenovo / Motorola hamda Samsung va LG bundan bir oz yutadi. 2018 yilda ZTE smartfon biznesini, xususan Nubia brendini rivojlantirish rejasida edi.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!