Xitoyliklardan navbatdagi aqlli soat!

Xitoyliklardan navbatdagi aqlli soat!

Yaqinda Xitoyning Oppo kompaniyasi o‘z ichki bozorida «Oppo Watch» deb nomlangan birinchi aqlli soatlarini taqdim etgan edi. Soat narxi 285 dollar. 

Kompaniyaning ta’kidlashicha, soatlar bugungi kunda zamonaviy foydalanuvchi uchun kerak bo‘lgan barcha jihatlarni taklif qila oladi.

Biroq, Osmonosti mamlakatida o‘tkazilgan taqdimotda kompaniya soatlarining xalqaro bozorda mavjudligi haqida hech narsa aytilmagan. Brend muxlislari, endi xursand bo‘lishingiz mumkin! Kuni kecha o‘zining Twitter'dagi rasmiy sahifasida brend vitse-prezidenti Brayan Shen G‘arbiy Yevropada Oppo Watch sotuvi «joriy yil oxirida» boshlanishini tasdiqladi.Oxirgi paytlarda Oppo'ning vitse-prezidenti o‘zining Twitter'dagi profilida juda faol va brendning kelajakdagi qurilmalari haqida ma’lumot berishdan charchamayapti. Mana global sotuvning boshlanishi haqida ham u odatiy ravishda va ogohlantirmasdan gapirib o‘tdi.

Shenning so‘zlariga ko‘ra, foydalanuvchilar global sotuv boshlanishini kutishiga to‘g‘ri keladi va shu yil oxirida G‘arbiy Yevropada alohida taqdimot o‘tkazish rejalashtirilgan. Afsuski, u hech qanday qo‘shimcha ma’lumot qoldirmagan, shunchaki obunachilaridan xabardor bo‘lib turishini so‘ragan.Oppo Watch Apollon 3 protsessori bilan Qualcomm Snapdragon Wear 2500 platformasida ishlaydi. Gadjetning dasturiy ta’minoti uchun ColorOS Watch OS javob beradi, foydalanuvchi interfeysi Android'ning qaysi versiyasiga asoslangani ko‘rsatilmagan. Konfiguratsiyaga qarab, qurilma 1,6 dyuymli yoki 1,91 dyuymli bukilgan AMOLED displey va eSIM funksiyasi bilan jihozlangan.

Oppo Watch'ning boshqa xususiyatlari orasida 5 atmosferagacha suvga chidamlilik, yurak urish tezligini o‘lchash va EKG funksiyalari mavjud. Ichki xotira hajmi 8 Gb. Shuningdek, qurilmaga GPS sensori va NFC moduli o‘rnatilgan. Bluetooth 4.2 versiyasi, shuningdek, konfiguratsiyaga qarab VOOC tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 300 mA/soat yoki 430 mA/soatlik batareya bilan jihozlangan.

O‘QING: Endi qabul imtihonlarida informatika fanidan ham 30 talik test topshiriladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.