Xitoyning talab eng yuqori 2 ta smartfon modeli aniqlandi

Xitoyning  talab eng yuqori 2 ta smartfon modeli aniqlandi

Xitoylik kompaniyalar tomonidan yaqinda taqdim etilgan 2 ta smartfon modellari ayni paytda jamoatchilik orasida katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda.

Bular -- Huawei Mate 10 hamda ZTE Nubia Z17S flagmanlari. Avval xabar berganimizdek, Huawei Mate 10'ga hozirga qadar birgina Vmall onlayn do‘koni orqali 740 000 ta buyurtma berilgan. Bu uning Pro va Porsche Design talqinlarini hisobga olmaganda hisoblangan raqamlar.

HUAWEI Mate 10 5.9 dyuymli, Huawei Mate 10 Pro 6 dyuymli OLED matritsali, Quad HD (1080 x 2160 pikselli) sig‘imli, OLED matritsali, Quad HD (1080 x 2160 pikselli) sig‘imli ekranga ega bo‘lishgan. Ularga ayni paytda jahonning eng ilg‘or chiplaridan biri deb hisoblanayotgan, 2,8 GGs chastota tezligiga ega 8 yadroli Kirin 970 chipi o‘rnatilgan.

Huawei Mate 10 Pro (128 Gb) 944 AQSh dollaridan, uning 256 gigabaytli Porsche dizaynidagi talqini 1,645 dollardan, Mate 10 esa 825 AQSh dollaridan sotuvga chiqariladi.

Xitoyda ayni paytda ehtiyoj yuqori flagmanlardan biri Nubia Z17S bo‘lib, bu gadjet 12 oktyabrda taqdim qilingan edi. Birgina JD onlayn do‘koni orqali o‘tgan bir hafta muddat ichida bu smartfonga berilgan buyurtmalar soni 450 000 donaga yetgan.

Nubia Z17S flagmani 5,77 dyuymli Full HD+, ya’ni 2040x1080 belgi sig‘imiga ega va Gorilla Glass 4 himoya shishasi bilan qoplangan ekran, jahonning eng kuchli Snapdragon 835 protsessori, 6 + 64 yoki 8 + 128 GB xotiraga, tezkor quvvat oluvchi 3100 mA soat batareya (26 Vt., 25 minutda 50%) bilan ta’minlangan.

Nubia Z17S'ning 6 + 64 GB talqini $455, 8 + 128 GB talqini $606 dollardan sotuvga chiqariladi.Uni yetkazib berish 19 oktyabrdan boshlangan.

Huawei Mate 10 va Nubia Z17S smartfonlarining har ikkalasi "qo‘sh ko‘z"li bosh kameraga ega bo‘lishgan. Mazkur flagmanlar qimmat smartfonlar turkumiga kirishini hisobga olsak, savdodagi boshlang‘ich natijalar hozircha yomon emas. Nubia Z17S'dagi old kamera ham qo‘sh sensorli.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!