Xodimlariga mikrochip o‘rnatayotgan real kompaniya

Xodimlariga mikrochip o‘rnatayotgan real kompaniya

Bosh va ko‘rsatkich barmoq orasidagi teri ostiga og‘riqsiz o‘rnatilgan mikrochip kiborg-xodimga aylanish uchun kifoya qiladi. Bu “odam-robot” tanasidagi chip unga kundalik yumushlarni bajarishga ko‘maklashadi.

Bu kelajak texnologiya yoki qaysidir asardan parsa emas. Ayni paytda shvetsiyalik kompaniyaning bunday robotlashgan xodimlari soni oshib bormoqda. Epicenter — Stokgolmda faoliyat ko‘rsatuvchi kompaniyaning 150 nafar ishchilari majburiy bo‘lmasa ham, o‘z xohishlari bilan tanlarida guruch doniday keladigan mikrochip bilan yurishibdi.

Bu nimaga kerak?
Epicenter asoschisi va rahbari Patrik Mestertonning fikricha, xodimlar qulaylik uchun ham mikrochiplardan foydalanishadi. Inson tanasidagi bu implant kalit vazifasini bajaradi: yopiq eshiklarni ochishga, oziq-ovqat sotib olishda elektronlashgan to‘lov tizimi orqali pul to‘lashga, printerga buyruq berish va boshqa yopiq elektron tizimlarga kirishga xizmat qiladi. Mikrochip bugun ko‘tarib yurish kerak bo‘lgan ko‘p narsaning yukidan xalos qiladi.

Shunday bo‘lsa ham, bu kabi kiborglashuvni hazm qilish qiyin. Boisi, inson tanasi muqaddas va uni texnologiyaning stansiyasiga aylantirish xato, degan fikrdaman. Sizning xulosangiz farq qilishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!