Xushxabar: internet-do‘konlardan tovar olish qulaylashmoqda!

  •   DiMaX
  •  1391
  •  21.05.2018 11:11

Xushxabar: internet-do‘konlardan tovar olish qulaylashmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolaganidan xabaringiz bor. Shu qaror ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar boshlab yuborilgan, deb yozadi Xabar nashri.

O‘QING: Elektron savdo: Shavkat Mirziyoyev jahondagi eng ilg‘or tajribani qo‘llashni buyurdi

Jumladan, ushbu qaror ilovasida 2019–2020 yillarda mamlakatimizda internet-do‘konlar uchun logistika infratuzilmasi yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Kelasi yilning 1 iyuliga qadar FedEx, DHL, UPS va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda ularning hududiy nuqtalarini yaratish masalasi ustida ishlanadi. Bu elektron tijorat orqali eksport tovarlar hajmini oshirishi kutilayotir.

2019 yilning 1 oktyabriga qadar esa Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zavtotrans» va boshqa tashkilotlar internet-do‘konlar bilan ishlovchi yetkazib berish xizmatlarini rag‘batlantirish choralarini ishlab chiqishadi va tasdiqlashadi.

2020 yilning 1 apreligacha davlat va xususiy sektor hamkorligi tatbiq etilgan logistika infratuzilmasi yaratilishini tasdiqlovchi me’yoriy hujjat tayyorlanadi. Bu infratuzilmada, eng olis hududlarda yashovchi aholi ham internet-do‘konlardan tovarlarni tez va qulay olishlarini ta’minlash uchun hududiy logistika markazlari paydo bo‘ladi.

Hozirda ham ayrim onlayn savdo platformalari orqali turli tovarlar olish mumkin. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!