Xushxabar: Meizu’ning nafaqat rasmiy do‘koni, balki servis markazi ham ochilyapti!

  •   DiMaX
  •  1529
  •  18.04.2018 19:11

Xushxabar: Meizu’ning nafaqat rasmiy do‘koni, balki servis markazi ham ochilyapti!

Yurtimizda mahalliy iste’molchilar uchun import mahsulotlarining sifatlilarini olib kelish bo‘yicha amaliy ishlar qilinmoqda. Jumladan, smartfon va boshqa elektrotexnika mahsulotlari bozorida ham rasman olib kelingan gadjetlar tobora ko‘proq ko‘proq o‘rin egallayotir.

Tabiiyki, bozorda bunday devayslar bo‘lishi har tomonlama foydali. Zero, rasman sotilgan tovarlar uchun kafolat berilishi xaridorlarga ham qo‘l keladi. Jumladan, Xitoyning taniqli smartfonsozlaridan biri – Meizu kompaniyasi ham O‘zbekistonga rasman kirib kelgan.

O‘QING: Xushxabar: Meizu smartfonlari «Malika»da rasmiy kafolat bilan sotila boshladi!

Saytimiz menejeri bozorni o‘rganish maqsadida «Fleshka» texnomarkazi (xalq tilida – «Malika» bozori) hududida bo‘lganida, ajoyib yangilikdan boxabar bo‘lgan. Bu xushxabarni sizlarga ham yetkazish maqsadida yuqoridagi suratni tushirib qaytgan.

O‘zingiz guvohi bo‘lib turganingizdek, Meizu kompaniyasi Toshkent shahrida o‘zining rasmiy do‘konini hamda servis markazini ochishga tayyorgarlik ko‘rayotir! Demak, endi xaridorlar uchun original, ishonchli smartfonlarni bevosita ishlab chiqaruvchining rasmiy do‘konidan xarid qilish, ular uchun rasmiy kafolat xizmatiga ega bo‘lish imkoni tug‘iladi.

Hozircha ushbu maskanning ochilish sanasi ma’lum emas. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida bahramand bo‘lish uchun bizdan uzoqlashmang!

O‘QING: «Malika»dagi do‘konlar nega ishlamayapti?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.