XUShXABAR: Uzonline 27 tun cheksiz internet taqdim etmoqda!

  •   DiMaX
  •  7565
  •  27.08.2018 15:30

XUShXABAR: Uzonline 27 tun cheksiz internet taqdim etmoqda!

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan «O‘zbektelekom» aksionerlik kompaniyasi o‘ziga xos sovg‘a tayyorladi. Ya’ni, Uzonline provayderining faol abonentlari uchun yangi xizmatni ishga tushirdi.

O‘QING: XUShXABAR: «O‘zbektelekom» tezkor, cheklanmagan «Teznet» internet tariflarini chiqardi!

«Night Unlim-27» deb nomlanuvchi ushbu xizmat doirasida faol abonentlar uchun 27 tun davomida 2 Mb/s tezlikda cheksiz internet va Tas-IX taqdim etiladi. Mazkur xizmat 2018 yil 27 avgustdan 22 sentyabrgacha bo‘lgan muddatda, soat 00:00 dan 12:00 gacha amal qiladi.

Mazkur aksiya faqat jismoniy shaxslar uchun bo‘lib, «Night Unlim – 27» xizmatining barcha qo‘shimcha shartlari «Night Unlim» xizmati shartlariga muvofiq amal qiladi.

Yodda tuting: «Night Unlim-27» xizmatining to‘g‘ri narxlanishi va internet tezligini tegishlicha o‘zgartirish uchun joriy sessiyani soat 00:00 ga yaqin to‘xtatish, ya’ni internetni uzib turish lozim. Soat 00:00 dan so‘ng internetga boshqatdan ulanib, foydalanishda davom etsangiz, shunda xizmat to‘g‘ri ishlaydi va narxlanadi.

O‘QING: Internet-kanallar narxlari bir oyda ikkinchi marta pasaytirilmoqda – endi internet arzonlashadimi?